Asosiysi, ishni to‘xtatmaslik

Asosiysi, ishni to‘xtatmaslik

Enter Engineering Pte.Ltd

Bu qudratli qurilish mashinasini uzoqdan ko‘rmaslik mumkin emas – XCMG XE700 gusenitsali ekskavatorining og‘irligi 70 tonnani tashkil etadi va uning kovshiga bir nechta katta yoshli odamlar sig‘ishi mumkin. Endilikda bu gigant «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati buyurtmasiga asosan Enter Engineering kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan Yangiyer — Oxangaron gaz quvurini modernizatsiya qilish bo‘yicha muhim ijtimoiy loyihada ishlamoqda. Uni esa jilmayib turuvchi mexanizator Kamol Rajabboyevich To‘raev boshqaradi.

— Maktabni tugatib, olti oy ichida tegishli kurslarni tugatdim, traktorchilik guvohnomasini oldim va Rossiyaga ishga ketdim, — deydi Kamol mehnat faoliyatini boshlagani haqida. — Salkam 7 yil kolxozda kichik traktorda ishladim, keyin vatanimga qaytish vaqti kelganini angladim. Yoshim o‘tgan sari aqlim kirib, oilam va farzandlarim bo‘lishni xohladim.

2017-yilda qaytib kelgan Kamol Enter Engineering kompaniyasiga ishga joylashdi. Yosh mutaxassisga dastlab kichik ekskavator ishonib topshirilgan bo‘lib, u Eriell obyektlarida Qandim gazni qayta ishlash zavodi, MTO texnologiyasi asosidagi gaz-kimyo majmuasi qurilishida ishlagan. Yetti oy oldin mutaxassis eng so‘nggi rusumdagi yer qazish uskunalarini boshqarish bo‘yicha qo‘shimcha o‘quvdan o‘tdi va “katta hajmli” transport vositalari uchun haydovchilik guvohnomasini oldi.

— Gaz quvurlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar kechayu kunduz to‘xtab qolmaydi, — deydi Kamol. — Shuning uchun ham mehnatkash ekskavatorimiz faqat tushlik tanaffus vaqtida, soat 06:00 yoki 18:00 da smenadagi ishchim bilan mehnat estafetasini bir-birimizga topshirganimizda dam oladi. Albatta, issiqda unga qiyin, dvigatelning qizib ketishi xavfi bor. Ammo bu holda men barcha tizimlarni nazorat qilaman, dvigatel moyi darajasini, radiatorda antifriz borligini, shlanglar oqayotgan-yo‘qligini, lampalarni almashtirish kerakligini tekshiraman. Kichik muammolarni o‘zimiz hal qilamiz, chunki asosiysi, ishni to‘xtatmaslikdir.

Ekskavator mashinisti har qanday sohaning izlanuvchan mutaxassisi bo‘lib, Kamol o‘z smenasidan tug‘ilib o‘sgan Buxoroga qaytgach, dam olish kunlari ham ko‘pincha yarim kunlik ishga chiqib ketadi. Shunday qilib, qahramonimiz turmush o‘rtog‘i va uch farzandi bilan o‘tkazadigan bo‘sh soatlar, hatto ular oddiy uy yumushlari bilan band bo‘lsa ham, ayniqsa qadrli bo‘ladi. Katta qizi uchinchi sinfga, o‘g‘li ikkinchi sinfga o‘tdi, kichigi yaqinda 5 yoshga to‘ladi.

Kamolga hayoti yangi yutuqlarga boy bo‘lishini, katta va inoq oilasida quvonch va baxt hukmron bo‘lishini tilab qolamiz!


Report Page