Ashxobod — «ishq shahri»

Ashxobod — «ishq shahri»

https://t.me/centerasiastudy
Ashxobod nomi manbalarda XVIII- XIX asrlardan uchray boshlaydi.
Shahar nomi forscha «eshq» – «ishq», «sevgi» va «obod» – «shahar» so‘zlaridan tashkil topgan. Ya’ni Ashxobod nomi «ishq shahri» ma’nosini bildiradi.

Ashxobod 1881 yilgi Eron-Rossiya shartnomasi doirasida Rossiya imperiyasi tarkibiga o‘tgan va ruscha talaffuzga assimilyatsiya qilinib, Asxobod deb atalgan.

1919-1927 yillarda esa sovet an’anasiga ko‘ra, shaharga ruscha Poltoratsk nomi berilgan.

Shahar 1927 yildan yana Ashxobod deb atala boshlangan va mustaqillikdan so‘ng turkman tilidagi shakliga mos ravishda Ashgabat deb qayta nomlangan.

Shunday qilib, Ashgabat Markaziy Osiyo mamlakatlari poytaxtlari orasida romantik nomga egaligi bilan ajralib turadi.


Report Page