Asaxiy.Uz dan yangi loyixa. Talantlar, bormisiz?
Nursaidov.uz
Matematika va informatika sohasida yangi talantlarni kashf etish, ularni xalqaro olimpiadalarga olib chiqish, kelajak kadrlarini tayyorlash uchun yangi grant!
Loyiha butun О‘zbekistondan 7, 8, 9 sinf о‘quvchilari uchun tashkil qilingan
Aynan IMO va IOI xalqaro olimpiadalarida yuqori о‘rinlarni olish istagidagi о‘quvchilar loyihada ishtirok etishi mumkin.
Loyihaga saralash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Matematika yо‘nalishi:
1. Birinchi bosqich: 30 test ikki soat vaqt beriladi. (Offlayn tarzda har bir viloyatda olib boriladi)
2. Ikkinchi bosqich: suhbat va masala ishlash. (Offlayn tarzda Toshkentda о‘tkaziladi)
Informatika:
1. 15 ta informatik masala ikki soat vaqt (onlayn tarzda butun respublika bо‘ylab olib boriladi)
2. 15 ta informatik masala ikki soat vaqt (offlayn tarzda Toshkent shahrida о‘tkaziladi)
Loyiha g‘oliblari nimaga ega bо‘lishadi:
• Aynan IMO va boshqa xalqaro musobaqalarda medal olgan, yillar davomida о‘quvchilarni turli olimpiadalarga tayyorlab kelayotgan о‘qituvchilardan bepul ta’lim olishadi. Darslar haftada olti kun olib boriladi.
• Ular GP 200 a’zosiga aylanishadi va Toshkent shahridagi nufuzli maktablardan biridan mutlaqo bepul о‘qishadi, loyiha a’zolari uch yulduzli mehmonxonada yashashadi, ularning yashash, yeb-ichish, hatto kiyim-kechak xarajatlarigacha barchasi homiylar tomonidan qoplanadi.
• Xalqaro olimpiada uchun saralash bosqichidan о‘tgan о‘quvchilarning aviachipta, olimpiada о‘tkazilayotgan davlatda yashash xarajatlarining ham barchasi homiylar tomonidan qoplanadi.
• IMO, IOI olimpiadasida medal olish darajasiga borgan о‘quvchilarni dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olish uchun 100 foizlik grandni qо‘lga kiritishadi.
Bu loyihada kimlar qatnashishi mumkin:
Asosiysi matematika va informatikaga qiziqishi, talanti bor, о‘zining buyuk ishlarga qodir ekanligini tushunib yetgan, bilim olishga chanqoq 7,8,9 sinf о‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
Loyiha bosh tashabbuskori: asaxiy.uz internet-dо‘koni
Loyihada ishtirok etish uchun qо‘yidagi formani tо‘ldirish shart:
Imkon boricha mana shu xabarni kо‘proq tarqatishga yordam bering, zero qaysidir bir chekka qishloqda imkonsizman degan talant о‘z yulduzli onlarini kutib yotgandir.