Arzonlashtirilgan narx- navo va bayramona kayfiyat

Arzonlashtirilgan narx- navo va bayramona kayfiyat


Shu kunlarda yurtimiz bo'ylab ko'pchilikda bayram dasturxoniga xarid jarayonlari boshlangan. Poytaxtimizdagi bozorlarda esa aholiga yanada bayramona kayfiyat ulashish va qulayliklar yaratish maqsadida arzonlashtirilgan savdo shaxobchalari tashkil etilgan. 23-dekabr kuni ushbu yarmarkalardagi yaratilgan sharoitlar va narx - navoning qanchalik hamyonbop ekanligi va mahsulotlar sifati hamda yaroqlilik muddatini o'rganish maqsadida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i tashabbusi bilan poytaxtdagi bir nechta bozor yarmarkalari ko'zdan kechirilib, mijozlar bilan bu borada suhbat jarayonlari olib borildi.


Xususan, hududlarda tashkil etilgan har bir savdo shaxobchalarida viloyatlardan tashrif buyurgan savdogarlar ONKMlar bilan ta'minlangan holda o'z mahsulotlarini sifatli va arzonlashtirilgan narxda aholiga yetkazib bermoqda. Xaridorlar ehtiyojini qondirish va iste'molga zarur bo'lgan sabzavotlar, un, yog', va guruch mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish uchun zaxiralar ham yaratilgan.


Olib borilayotgan har bir ish, har bir harakat avvalo inson qadri uchundir. Shunday ekan, yurtdoshlarimizni xursandchilik kayfiyati, bozorlarimizni esa fayz-u baraka tark etmasin!


Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati



Report Page