Arxiv o‘zi nima?

Arxiv o‘zi nima?

Муҳаммаджон

Arxiv - bu chatlarni o'ziga xos saralash usuli. Yani siz kam o'qiydigan chatlarni arxivga qo'shib qo'yasiz - va ular asosiy chatlar ro'yxatida ko'rinib sizni ortiqcha bezovta qilmaydi - qachonki sizni o'zizga arxivdagi chat kerak bo'lganida - arxivga kirib xabarlarni o'qib, kerak bo'lsa javob yozib chiqorasiz. Sodda qilib aytganda - kam ko'riladigon chatlarni bir chetga berkitib qo'yasiz.

O'zbekistonda asosan Plus messenger ishlatilgani uchun - aynan shu dasturda misollarini ko'rib chiqamiz.

Qanday qilib arxivga qo‘shish mumkin?

Chatlarni arxivlash uchun Plus messengerda xohlagan chatni ustiga bosib tursez o‘sha chat belgilanadi. Ushbu rejimda siz yana xohlaganizcha chatlarni belgilashiz mumkin va pastdagi rasmda ko‘rsatilgan belgini bosasiz. Bo'ldi, chatlar arxivga tushdi, shunchaki ularni ko'zdan nariga yashirib qo‘ydiz.

Endi arxivlangan chatlarni avvalgi xolatiga qanday qaytaramiz?

Buning uchun siz Plus messengerda chap menuni ochasiz va Arxiv bo'limini tanlaysiz (sizda arxiv bo‘limi chiqmasa bu yerdan sozlashingiz mumkin), yana chatlar ro'yxati ochiladi, faqat ushbu ro'yxatda sizga arxivlagan chatlar chiqadi va rasmda ko‘rsatilgan belgini bosasiz. Chatlar arxivdan asosiy ro'yxatga qaytadi.

Arxivni yana qanday afzalligi bor?

Arxivlangan chatlar ro'yxati Telegram serverida saqlanadi - yani siz telefonizi o'zgartirasizmi, boshqa telefonda 2-telegram ochasizmi yoki kompyuterda telegram ochasizmi, farqi yo‘q. Sizni akkauntizda arxivlangan chatlar saqlanib qoladi. Har safar boshqattan chatlarni arxivlash kerak emas.

Arxiv haqida yana nima bilish kerak?

1. Agarda arxivlangan chatga yangi xabar kelsa - ushbu chat avtomatik tarzda arxivdan chiqadi. Arxivdan chiqib ketmasligi uchun siz ushbu chatni ovozini o'chirib qo'yishiz kerak.

2. Plus messengerda arxiv bo‘limi asosiy chatning hamma jildlarida chiqishini xohlasangiz plusmods/p1.26 bu modsni yoqib qoying.

3. Arxiv bo'limi asosiy chatning tepa qismida ko‘rinishini xohlamasangiz plusmods/p1.34 bu modsni yoqib qo‘ying. Endi arxivga faqat chap menu orqali kirasiz, agar sizda chap menuda arxiv chiqmayatgan bo‘lsa bu yerdan sozlashingiz mumkin!

4. Agar kanal, gruppa yoki oddiy kontaktlaringizni arxivga qoysangiz ham arxivda ham asosiy chatda ham turib qolyatgan bo‘lsa bu maqolani o‘qing!

5. Shaxsiy sahifangizga yozib sizni bezovta qilishyatgan bo‘lsa - maxfiylik sozlamalariga kirib "Arxivlash va sukut" qilish ni yoqib qo'ying.

Telegram yordamchi - @tghelp_uz


Report Page