Armaniston Milliy kutubxonasi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Armaniston Milliy kutubxonasi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

https://t.me/natlibuz

Bugun – 29-sentyabr kuni Armaniston Milliy kutubxonasi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Mazkur memorandum imzolash marosimi Zoom platformasi orqali videokonferens-aloqa formatida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu memorandumning asosiy maqsadi ilmiy va madaniy-ma'rifiy loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish, kutubxona sohasidagi ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha konsultativ maslahatlar berish, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlarda hamkorlik qilish va o‘tkazish, hamkorlikda ko‘rgazma ishlarini amalga oshirish hamda axborot-kutubxona sohasini takomillashtirish, tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, axborot texnologiyalari va kutubxona ishi sohasida eng yaxshi xalqaro tajribani o‘rganish va amalga oshirishdan iborat.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva memorandumni imzolar ekan, bu hujjat har ikki tomon uchun manfaatli ekanligini, kelgusida tomonlar kutubxonachilik va bibliografiya jarayonlarini avtomatlashtirish, elektron hujjatlar almashish va yetkazib berish, ilmiy bibliografiya, noyob kitoblarni qayta tiklash va saqlash sohalarida o‘zaro hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratganligini ta’kidladi.






Report Page