Argentina standartlashtirish va sertifikatlashtirish tashkiloti bilan muhim hujjat imzolandi

Argentina standartlashtirish va sertifikatlashtirish tashkiloti bilan muhim hujjat imzolandi

standart

Kolumbiyada bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning Bosh Assambleya yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Argentina standartlashtirish va sertifikatlashtirish (Instituto Argentino de Normalización y Certificación - IRAM) tashkiloti vitse-prezidenti Raul Amil bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun: ICONTEC 1994-yildan Argentina milliy standartlashtirish idorasi hisoblanadi. ISO, IEC, COPANT tashkilotlari a’zosi. ISO tashkilotining 100 ta texnik qo‘mitasida P-member, 299 ta texnik qo‘mitasida O-member sifatida faoliyat yuritadi.

Mamlakatlar o‘rtasida texnik tartibga solish, standartlashtirish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar doirasida Argentina standartlashtirish va sertifikatlashtirish (Instituto Argentino de Normalización y Certificación - IRAM) tashkiloti bilan standartlashtirish, mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarni sertifikatlash, menejment tizimlarini sertifikatlash, treyning va o‘quv kurslari, axborot markazini boshqarish mavzulariga e’tibor qaratildi.

Milliy texnik qo‘mitalar faoliyati, ularning ISO va IEC xalqaro texnik qo‘mitalarida faolligini oshirish, milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, standartlar tarjimasi bo‘yicha fikr almashildi va tajriba o‘rganildi.

Muzokaralar natijalari standartlashtirish sohasida muhim kelishuv imzolash bilan mustahkamlandi.

Report Page