AppSheet platformasi yordamida nimalar qilish mumkin?
Yousouf | Nodirbek YusupovKodsiz dasturlash — o’z nomi bilan bir qator ham kod yozmasdan biznes jarayonlarni avtomatlashtirish degani. AppSheet Google kompaniyasi sotib olgan startap, u yordamida yillab dasturlash o'rganmasdan ham foydalanishga juda qulay va imkoniyati keng mobil va veb-dasturlar yaratish mumkin. Buning uchun 2-3 oy qunt bilan harakat qilish kifoya
Kodsiz dasturlash xuddi uy qurish uchun tayyor devorlar, shiftlar va hokazolardan foydalanishga o'xshaydi. Tez, oson va kamroq xarajat evaziga qurish mumkin bo’ladi. Kim chiroyli uy qura oladi - muhimi shu.
AppSheet platformasi yordamida qisqa muddat ichida kichik va o'rta bizneslar foydali dasturlar yasash mumkin
Namuna uchun dasturlar bilan havola orqali tanishib chiqsangiz bo'ladi.
Batafsil ma'lumot ushbu telegram kanalda
Meni ham 3 yil oldin UNITY O'quv markaziga ishga kirishimga asosiy sabab bo'lgan ko'nikmalardan biri aynan shu edi. Hozirgi kunda UNITY O'quv markazlari CRM tizimi, LMS O'quvchilar baholash tizimi barcha jarayonlar AppSheet orqali tuzilgan dasturda yuritiladi
Bundan tashqari quyidagi sohalarga dasturlar qilib berilgan:
- O'quv markazlari (Baholanadi: $600-$1,000)
- Xususiy maktab sohasi (Baholanadi: $1,000-$2,500)
- Bog'cha (Baholanadi: $600-$1,000)
- Oyoq kiyim ishlab chiqarish (Baholanadi: $700-$1,800)
- Kroy va yopishtirish xizmatlarini ko'rsatish (Baholanadi: $400-$600)
- Muddatli to'lovga telefon sotuvchi do'kon (Baholanadi: $800-$1,200)
- UNIX printer sozlash ustaxonasi (Baholanadi: $400-$600)
- Nasiya va qarz daftarlari (Baholanadi: $200-$400)
- Va boshqalar
⚠️ O'rganishingiz bilanoq shunday loyihalar qilasiz, demoqchimasman. Bunday loyihalar o'z-o'zidan kelmaydi. Albatta tinimsiz harakat va mehnat, vaqt ham kerak bo'ladi.
Lekin bir kasb egasi bo'lishingiz uchun, yoki ishxonangizda qiymatli xodim bo'lishingiz uchun juda katta omil vazifani o'taydi, deb umid qilaman