“Anuga - 2023” xalqaro koʻrgazmasi

“Anuga - 2023” xalqaro koʻrgazmasi

O'zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlaridan biri sifatida oziq-ovqat sanoatiga davlat tomonidan doimiy e'tibor qaratilmoqda. Har yili sanoat korxonalari soni borgan sari ortib bormoqda, bu esa uning rivojlanish dinamikasi o'sayotganidan dalolat beradi.

 Joriy yilning 7-11-oktyabr kunlari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag'batlantirish agentligi ko'magida, o'zbek oziq-ovqat sanoati ishlab chiqaruvchilari Germaniyaning Kyoln shahrida bo'lib o'tgan "Anuga 2023" xalqaro ko'rgazmasida ishtirok etishdi.

"Anuga 2023" oziq-ovqat va ichimlik mahsulotlari uchun ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik savdo ko'rgazmalaridan biri hisoblanadi. Ushbu ko'rgazma 100 yillik tarixga ega bo'lib, dunyo bo'ylab barcha oziq-ovqat va ichimlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining eng muhim uchrashuv joyi sanaladi.

Bu yilgi ko'rgazmada O'zbekiston milliy stendida 11 ta mahalliy kompaniya tomonidan meva va sabzavotlar, qandolat mahsulotlari, kakao, shokolad, ichimliklar hamda tamaki mahsulotlari namoyish etildi.

"Anuga 2023" da O'zbekiston korxonalari uchun samarali bo'ldi. Ko'rgazmada qatnashgan xalqaro iste'molchilarda “Made in Uzbekistan” mahsulotlari katta qiziqish uyg'otdi va ularning munosib bahosiga sazovor bo'ldi.

Report Page