Antiqa maktablar

Antiqa maktablar


Dunyodagi hamma maktablar ham doska, stol-stul va peshtaxtalardan iborat emas. Poyezd stansiyalarida o'qiydigan bolalar haqida eshitganmisiz? Qog'oz –kitobsiz ta’lim beradigan o'qituvchilar haqida-chi? Yoki qonun-qoidalarni o'quvchilarning o'zlari tuzadigan va uyga vazifalar berilmaydigan maktablar haqida-chi? 


Maydondagi sinfxona

Jahon miqyosidagi katta futbol stadionida tahsil olishni tasavvur qila olasizmi? Argentinalik bolajonlar bu borada omadli. Chunki Argentinada 2000 dan ortiq maktab o'quvchilari darslarning aksariyatini Buenos-Orizdagi "River Pleyt" maydonida o'tkazadilar. Ba'zan darslar erta tugaydi, chunki mashg'ulotlar va futbol amaliyoti bir vaqtda bo'lib o'tadi.


Yerosti maktabi

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Abo Elementaryda tahsil oluvchi bolajonlarning ushbu g'ayrioddiy maktablari qachondir yadroviy bombadan himoya vositasida foydalanilganligini bilishmaydi. Tarixi Sovuq urush yillariga borib taqaladigan yerosti maktabining ustki qismi futbol maydonchasi vazifasini bajaradi.

 

Stansiya-maktab

Hindistonda poyezd stansiyasilarida joylashgan maktablar bor. Ushbu g'ayrioddiy ta’lim moliyaviy qiyinchiliklar tufayli maktabga bora olmaydigan bolalar uchun ixtisoslashgan. Darslar poyezdlar to'xtash joylarida bo'lib o'tadi va biroz shovqinni hisobga olmasa, bolalar kutish o'rindiqlarida xuddi an’anaviy maktablarda bo'lgani kabi tahsil olishadi. Hozirga qadar ushbu maktablar 4000 dan ziyod bolalarni tarbiyalagan.

 

“Kelajak maktabi”

Microsoft kompaniyasi tomonidan moliyalashtiriladigan Filadelfiyadagi ushbu maktabning bunday nom olishi raqamli texnologiyalarning kirib kelishi va ularni boshqaradigan raqamli avlod tarbiyalash maqsadi bilan chambarchas. "Kelajak maktabi" turli yosh va toifadagi bolalarni tanlov asosida qabul qiladi. Tanlanganlar esa maktabga na qog’oz, na ruchka va na kitob bilan kelishadi. Chunki bu maktabda o'qish to'liq raqamli. O'qituvchilar esa an'anaviy doskalar o'rniga kompyuterlashtirilgan aqlli doskalardan foydalanadilar.

 

Qoidalarni o'quvchilar tuzadi

Nyu-Yorkdagi Bruklin bepul maktabida o'quv dasturi mavjud emas. Gap shundaki, bu maktab qoidalarini o'quvchilar tuzadi: ular xohlagan sinflarini tanlashlari va agar darsga qatnashishni istamasalar, maktabga kelmasligi, ba'zilar yolg'iz qolishga qaror qilishlari va mustaqil tadqiqotlar olib borishlari, istagan vaqtda o'ynashga, aylanib yurishga yoki shunchaki uxlashga qaror qilishlari mumkin. Eng g'aroyibi esa bu maktabda imtihonlar, uy vazifalari yoki baholar umuman yo'q.

 

G'or maktabi

Ushbu xitoy boshlang'ich maktabi Zhondongdagi toshli hudud ostida joylashgan va dunyodagi yagona g'or maktabidir. 6 ta sinf va 200 o'quvchidan iborat noyob maktab olis qishloqlardagi bolalarga ta'lim olish imkoniyatini beradi.


Ko'prik ostida

Hindistondagi yana bir maktab, u maktab tizimiga kirmagan kambag'al bolalar uchun ko'ngillilar tomonidan tashkil etilgan. Maktab Nyu-Dehli shahridagi yo'l o'tkazgich ostida joylashgan. Ko'ngillilar bolalarga o'qish, hisoblash va ingliz tilini o'rgatadilar. Maktab 10 yildan beri ishlaydi va 300 ga yaqin o'quvchi tahsil oladi.


Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram |Facebook |Instagram

Report Page