Anor Navlari Haqida.
https://t.me/joinchat/AAAAAEulwsRGl3wR7-ZFjwAnor asosan O’zbekiston, Ozarbayjonda, Krasnodar (Sochi) o’lkasida, Qirim viloyatida, Janubiy Qozog’istonda va Dog’iston ASSR da keng tarqalgan. Pishgan mevasi tarkibida 14-19% qand, 1,2-2,6% kislotalar, sharbatida esa shifobaxsh temir va ko’p miqdorda tannin moddasi bor. Anor mevasini yeyishdan tashqari, po’chog’I va ildizini qaynatib, suvidan tibbiyotda oshqozon-ichak kasalliklari davolashda ishlatiladi. Anordan olinadigan oshlovchi moddalar va limon kislota teri oshlashda ishlatiladi. Uning yog’ochi qimmatbaho material hisoblandi. Anor manzarali o’simlik sifatida ham o’stiriladi. Anor kichikroq daraxt yoki buta shaklida o’sadi, bo’yi 2-5 m gacha yetadi, ildizi kuchli. Odatda, ko’plab bachki ildiz chiqaradi. Novdasi ser tikon, guli och qizil bo’lib, novdalarining uchida bittadan beshtagacha joylashadi, chetdan changlanadi. Anorning guli ikki xil: birinchisi –yirik, kichik ko’zasimon shaklda bo’ladi va odatda, changdondan yuqorida yoki u bilan baravar joylashadi, bu gullar meva tugadi. Ikkinchisi –mayda, urug’chisi kalta, qo’ng’iroq shaklda bo’lib, changdondan pastroqda joylashadi, bular meva tugmaydi. Urug’chisi uzun gullar ko’pincha o’tgan yilgi novdalarda, urg’chisi kalta gullar esa shu yilgi novdalarda chiqadi. 15-16 daraja sovuqda uning ildiz bo’g’zigacha sovuq uradi. Shuning uchun qishda uni ko’madilar. Anor asosan qalamchalaridan ko’paytiriladi. Uning yer ustki qismini har 10-15 yilda bir marta yoshartirish mumkin, buning uchun eski shox-shabbasini kesib tashlanadi va yangi o’sib chiqqan novdalari parvarish qilinadi.
Anor har xil tuproqli yerlarda o’saveradi, lekin sizot suvlar chuqur joylashgan, unumdor, suv bilan yaxshi ta’minlangan, suvni yaxshi o’tkazadigan tuproqli yerlarda yaxshi o’sib, mo’l hosil beradi. Anor oktyabr oyining oxirlardan boshlab ko’miladi. Ko’mish vaqtida tuproqda nam yetarli bo’lsa, shox-shabba ustiga tashlangan tuproq yaxshi ushlab qoladi, quruq tuproq esa shoxlar tagiga to’kilib tushib ketadi.
Mart oyida esa kunlar isishi bilan anor tuplari ochiladi. Keyin ortiqcha hisoblangan novda va shoxlar qirqiladi, to’g’ri shakl beriladi hamda qalamcha tayyorlanadi. Surxondaryo viloyatining Dashnobod va boshqa ayrim zonalaridagi tomorqalarda anor qishga ko’mmay o’stiriladi. anor tuplari kuchli, baquvvat o’sadi.
Achchiq dona –serhosil, mevasi oktabr oyida pishadi. Mevalari yassi dumaloq shaklda, yirik, vazni 300-400gr, qobig’I qalin. Pishgan mevalari bir tekis qizil rangda dona va sharbati qizil. Mevasi nordon-shirin. Sharbati tarkibida 15% qand, 2,5% kislota bor, mevasini 2-3 oy saqlash mumkin.
Xalq tomonidan yetishtirilgan nav. Ekilganidan keyin 2-3-yilidan hosil beradi, to’liq hosil berishi esa 7-8 yildan boshlanadi. 4x3m sxemasida ekilgan tuplar o’rtacha 25-30 kg gacha, ayrim tuplari 60-80kg gacha hosil qiladi. Mevasini 3-4 oygacha saqlash mumkin. Universal foydalanish mumkin.
Oq dona –O’zbekistonning barcha viloyatlar uchun mo’ljallangan. Doni yirik, sentabr oxirida pishadi. Mevasi yassi-yumaloq, yirik, vazni 300-500gr, qobig’I yupqa qattiq. Pishgan mevasing rangi och-sariq yoki oqish qizil. Sharbati och pushti, yoqimli, shirin, mazali, tarkibida 14% gacha qand va 0,5% gacha kislota bor. 2 oy gacha saqlanishi mumkin. Tupining bo’yi 2-5m, buta shaklida bo’lib, novdasi tikonli, sertarmoq. Mevasi asosan yangiligida iste’mol qilinadi.
Qozoqi anor –xalq tomonidan yetishirilgan. O’rta Osiyoda eng yaaxshi hisoblangan, nordon-shirin nav. Tupi o’rtacha bo’lib o’sadi, dumaloq shaklda, ko’p sonly shoxlari qalinroq bo’ladi. Har xil tipdagi tuproqlarda yaxshi o’sadi va mo’l hosil beradi. Yer osti suvi yer yuzasiga yaqin bo’lgan yerlarda ham yaxshi o’sadi, ammo sho’r yerlarda yaxshi o’smaydi va hosil ham bermaydi. Sovuqqa chidamsiz 14-15 daraja sovuqda anor tupining ustki qismikuchli zararlanadi. Pishib yetilgan mevasi oktabr oyida terib olinadi. Saqlash va tashish uchun mevasi chidamli. Maxsus binolarda mevasini 6-8 oygacha saqlash mumkin.
Qizil anor –bu nav xalq seleksiyasi tomidan yetishtirilgan mahalli nav bo’lib, nordon-shirin anor navlariga kiradi. Shox-shabbasi keng yoyiq shoxlab o’sadi, ko’pincha novdalarning ustki qismi o’tkir tikan bilan tamomlanadi. Mevasi to’q qizil yoki qizil bo’ladi. Kattaligi o’rtacha bo’ladi. Doni to’q qizil, yirik, po’sti yupqa, undan 50-55% sharbat chiqadi. Mevasi yaxshi, nordon-shirin, har tupi 30-35kg hosil beradi. O’zbekistonning janubiy rayonlarida ko’p tarqalgan. Bu anor navi tuplari unumdor yerlarda yaxshi o’sib mo’l hosil beradi. Mevasi oktabr oyida terib linadi, asosan uni yangiligicha iste’mol qilish mumkin, undan tashqari mevasidan shifobaxsh sharbat tayyolash mumkin. 👇👇👇