Aniqlikka asoslangan oʻqitish strategiyasi

Aniqlikka asoslangan oʻqitish strategiyasi


1. Dars davomida oʻquvchilar nima oʻzlashtirishlarini xohlaysiz, buni avval oʻzingiz uchun aniqlashtiring.

2. Dastavval oʻquvchilaringizga nima oʻrganishlarini ayting, soʻng oʻrganganlarini amalda qanday bajara olishi kerakligini koʻrsatib bering.

3. Oʻquvchilaringiz mavzuni qay darajada tushunganini tekshirish uchun ularga savollar berib koʻring.

4. Oʻquvchilarga yangi bilimlarni grafik usulda taqdim etish, ular uchun ham qiziq ham samarali yoʻl.

5. Dars davomida oʻquvchilar oʻrganganlarini koʻproq amalda qoʻllab koʻrishlariga imkon bering.

6. Oʻquvchilarga bajarganlari yuzasidan doimiy ravishda oʻz fikr-mulohazalaringizni berib boring shunda ular xatolar ustida ishlashni oʻrganishadi.

7. Har bir bolaga alohida yondashuv kerak.

8. Oʻquvchilarda jamoaviy ishlash koʻnikmasini shakllantiring.

Report Page