Angular darsligi 1. Kirish

Angular darsligi 1. Kirish

Josh*

Assalamu Alaykum.

Ilk maqolamiz, darsimiz Angular ni tanishtirish bo'ladi.

  1. Angular o'zi nima ?
  2. Afzalligi nimada ?

Bu savollar tug'ilishi tabiiy.

Demak biz boshladik.


  1. Angular bu JavaScript olamida juda katta front-end platformasi. Ha, Angular ni biz nafaqat freymvork, balki platforma desak ham adashmaymiz. Angular orqali biz komponentlarga asoslangan kuchli strukturalik web, android, ios va Desktop dasturlarini yaratishimiz mumkin. Ammo, Angular asosan Web ga moslashgan. Qolgan platformalar uchun maxsus texnologiyalarni ishlatgan holda Angularda dasturlar yaratishimiz han mumkin.
  2. Angular ni afzalliglari juda ko'p, men qisqa qilib aytishim mumkinki, Angular hamma tomonlama afzal). Unda nega Angular Reactjs kabi mashxur emas ?. Bunga sabab Angular juda katta freymvork, Bu kattaligi kichik dasturchilar uchun noqulayligi sabab, ancha yengilroq bo'lgan Reactjs va boshqa texnologiyalarni "bozor"i chaqqonroq. Ammo, shaxsiy fikrimga tayanib aytaman, Angular kattaligi bilan ham kuchli va e'tiborli. Angularda bizga kerak bo'ladigan juda ham ko'p tayyor kutubhonalar mavjud. Bizdan shunchaki ularni o'rganish talab qilinadi xolos.

Angularning bir qancha versiyalari bor, Ayni damda Angular 11 chi versiyasi chiqqan. Har yangilanish bizga yangi imkoniyatlar yaratadi. Men Alloh qodir qilguncha ushbu sahifamda Angular texnologiyasini yoritib borishga harakat qilaman.

E'tiboringiz uchun rahmat. Keyingi bekat Angularni o'rnatish va Angular CLI.

@joshDeveloper



Report Page