Angiotenzinlar
Preclinic.uzAngiotenzin (1-7) ning xosil bo‘lishiga to‘xtaldik. Vazodilyatator effektli ekanligini bildik, xo‘p bu effekt nima orqali yuzaga keladi?

Angiotenzin (1-7) asosan yurak, buyrak va bosh miyada xosil bo‘ladi, AT-x reseptorlar orqali ta’sir ko‘rsatadi:
• endoteliydan vazodilyatator moddalar: oksid azot, prostosiklin, prostoglandin Ye²
•antiproliferativ effektga ega
• koptokcha filtrasiyasini kuchaytiradi, Natriy va suv ekskretsiyasini xam kuchaytiradi
•neyronlar aro aloqani yaxshilab, impulslar o‘tishida ishtirok etadi.
• arginin-vazopressin ajralishini stimullaydi(kam miqdorda).
Demak, Angiotenzin 2 dan natriyuretik, vazodilyatator va antiproliferativ effektlari bilan farqlanadi.
Angiotenzin 2 - oktapeptid, angiotenzin 1 dan APF ta’sirida xosil bo‘ladi, RAS tizimining bosh zvenosi
Biz bilgan RAS tizimining asosiy effektlari AT-1 reseptorlari orqali yuzaga chiqadi. AT-1 reseptorlarini xam 2 ta tipi bor: AT-1a(asosiy effekt beruvchi) va AT-1b(nima effekt berishi xali to‘liq o‘rganilmagan).
AT-1 reseptorlar effektlari haqida batafsil to‘xtalamiz. Boshladik!
Joylashgan organ va undagi effektlar:
Yurakda:
• musbat inotrop(yurak qisqarish kuchi oshishi)
• kardiomiositlar qisqarishi
Surunkali (doimiy ta’sir natijasida) effektlar:
•giperplaziya va gipertrofiyasi miokardning
• miokardiofibroz
Arteriyalarda joylashgan AT-1:
• vazokonstriksiya va arterial bosim(AB) oshishi
Surunkali effektlar:
• silliq muskullar gipertrofiyasi
• arteriya gipertrofiyasi (remodelyasiyasi)
Buyrakusti bezidagi AT-1:
• aldosteron sintezini oshishi➡️ natriy va suv reabsorbsiyasi oshishi➡️ umumiy qon xajmi va AB oshishi
• miya qismidan katexolaminlar sintezi oshishi
Surunkali effektlar:
• buyrakusti bezi gipertrofiyasi
Buyrakdagi AT-1 reseptorlar:
• efferent arteriya konstriksiyasi➡️ koptokcha ichi bosimi oshishi➡️ reabsorbsiya kuchayishi
• natriy va suv reabsorbsiyasi oshishi(distal kanalchalarda)
• buyrak po‘stloq qavatidan prostoglandinlar sintezi oshishi
• renin ajralishi tormozlanishi
Surunkali effektlar:
•nefroskleroz
• turg‘un arterial gipertenziya
Jigardagi AT-1:
•angiotenzinogen sintezi tormozlanishi
Bosh miyadagi AT-1:
• chanqoqlik markazi stimullanishi
• ADG sintezi oshishi
• adashgan nerv funksiyasi tormozlanishi va simpatik nerv aktivlanishi
Mana har bir a’zodagi reseptorlar va ularning qanday effekt berishini ko‘rib chiqdik
AT-2 reseptorlari: turli organlarda joylashgan, bachadon, tuxumdonlar, buyrakusti bezi, bosh miyada ayniqsa ko‘proq.
Asosan AT-1 orqali keskin vazokonstriksiya va qon xajmi oshganda qo‘zg‘alib, AT-1 ga qarshi effekt ko‘rsatadi(vazodilyatasiya, natriyuretik va x.k.z)
Va alohida aytish kerakki, AT-2 reseptorlar Apoptoz(xujayraning tabiiy-dasturlashtirilgan o‘limi)ni stimullaydi.
• kollagenazalar funksiyasini tormozlaydi
• kardioskleroz, fibroz, gipertrofiya jarayonlarini tormozlaydi
Angiotenzin 2 ning ta’sir qiluvchi reseptorlari orqali yuzaga keladigan effektlar bilan tanishdik.
Qo‘shimcha: angiotenzin 3 va 4 xam mavjud bo‘lib, ular xam angiotenzin 2 kabi effektlarga ega, lekin ta’siri kuchsiz( bular ta’sir qiluvchi AT-3 va AT-4 reseptorlar soni kamligi uchun degan faraz mavjud)
Maestro
PRECLINIC.UZ telegram kanali: