Androiddagi root huquqi nima va undan qanday foydalaniladi?

Androiddagi root huquqi nima va undan qanday foydalaniladi?

Kamol To'xtayev

By Best Programmer | Channel: @Uzb_Dasturchilar

Android operatsion tizimidagi smartfon yoki planshet sotib olgan har qanday odam, birinchi navbatda uning uchun turli dasturlar va o'yinlar qidira boshlaydi. Ilovalarni ko'rib chiqayotib, ko'pincha root huquqini talab etuvchi mana bunday yozuvlarga duch kelamiz: «Trebuyutsya root prava», «Nujen root», «Dlya raboti programmi neobxodimo poluchit` root» va hokazo. Xo'sh, root huquqi nima o'zi? U qanday olinadi va afzalliklari nimalardan iborat?Avvalo e'tibor bering: Android OS yopiq operatsion tizim sanaladi hamda ayrim fayllar va funktsiyalarga foydalanuvchilar tegishiga ruxsat bermaydi. Mana shu ruxsatni qo'lga kiritish root huquqi deyiladi va u ko'pgina turli funktsiyalardan foydalanish imkonini beradi…Root huquqi bo'lsa, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish mumkin:

Tizim fayllarini o'zgartirish;

Standart ilovalarni (kalendar`, xarita va turli servislarni) o'chirish;

Mavzular va yorliqlarni o'zgartirish va o'chirish;

Qurilma yoqilishi jarayonida displeyga chiqib turadigan rasm o'rnatish;

Bajariluvchi Linux fayllarini qo'shish;

Qurilmaning ishini optimallashtirish, protsessorni tezlashtirish;

Root huquqisiz ishlamaydigan ilovalarni ishga tushirish;

Ma'lumotlarning zaxira nusxasini yaratish;

Modifikatsiya qilingan proshivkalarni o'rnatish;

Va ko'pgina boshqa imkoniyatlar…

LEKIN shuni unutmangki, o'z smartfoningiz yoki planshetingizda root huquqini olsangiz, unga nisbatan bo'lgan kafolat xizmati olish huquqingizni yo'qotasiz. Zero, root huquqidan foydalanish – go'yoki operatsion tizimning dastlabki himoyasini olib tashlashdek gap. Agarda keyin qurilmangizga biror nima bo'lib qolsa, servis markazida unga kafolat xizmati ko'rsatishni rad etishlari uchun asos bor.

Yana bir tomoni – agar root huquqini olish jarayonida nojo'ya xato qilib qo'ysangiz, dasturiy ta'minot qismi ishdan chiqqan sevimli gadjetingiz bir bo'lak metall va plastmassa uyumiga aylanadi-qoladi.

Agar shularni bilganingizdan keyin ham root huquqini olishga qiziqayotgan bo'lsangiz – u holda bizni kuzatib boring, yaqin orada uni qanday qo'lga kiritish haqida maqola e'lon qilamiz

Manba: www.terabayt.uz

@Uzb_Dasturchilar

Report Page