Android va iOS smartfonlaridan internet tarqatish

Android va iOS smartfonlaridan internet tarqatish

@itspecuz

Sozlash uchun Ikki daqiqa vaqt sarflash orqali siz statsionar internetga ulanish imkoni bo‘lmagan paytda smartfoningizdan modem sifatida foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.

Android yoki iOS-dagi har qanday zamonaviy smartfon internetni kompyuterlar, telefonlar va planshetlarga tarqatishi mumkin. Bunday tarmoqni tashkil qilish uchun smartfoningizdagi mobil Internetni faollashtirish va boshqa qurilmalarni Wi-Fi, USB yoki Bluetooth orqali ulash kifoya.

Android-smartfonlaridan internetni tarqatish

Ushbu ko‘rsatma Meizu M2 Note smartfoni misolida tuzilgan. Qurilmangizdagi sozlash jarayoni biroz boshqacha bo‘lishi mumkin, ammo umumiy tamoyil bir xil bo‘ladi.

Avvalo, smartfoningiz mobil Internetga ulanganligiga va signal sifati Tarmoqning barqaror ishlashi uchun yetarli ekanligiga ishonch hosil qiling.

Qurilmaning sozlamalarini kirib, simsiz tarmoqlarga ajratilgan bo‘limni oching. Bizning holatlarimizda bu “SIM-карты и сети” deb ataladi.

“Режим модема" yoki “Точка доступа" kabi nomdagi menyu bandini toping va boshqa qurilmalarni ulash uchun o‘zingizga mos usulni aktiv holatga keltiring: USB, Wi-Fi yoki Bluetooth orqali. Odatda, agar siz Wi-Fi orqali internetni tarqatayotgan bo‘lsangiz, xuddi shu bandda simsiz tarmoqni himoya qilish uchun parol o‘rnatishingiz mumkin.

Oxirgi tanlangan usul orqali smartfoningizga internet tarqatiladigan gadjetlarni ulang.

  • Buning uchun Wi-Fi yoki Bluetooth-dan foydalanayotgan bo‘lsangiz, qurilmalarni tarqatuvchi smartfon modeli bilan bir xil nomdagi tarmoqqa ulang. Misol uchun, bu Meizu M2 Note-ga Wi-Fi va Bluetooth orqali ulanadigan Nexus 5 smartfonida quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
  • Agarda siz smartfonga kompyuterni USB orqali ulasangiz va ikkinchisida Internet avtomatik ravishda yoqilmasa, drayver o‘rnatilishi ushbu muammoni hal qilishi mumkin. Buni telefon bilan birga kelgan diskdan yoki ishlab chiqaruvchining veb-saytidan topish mumkin.

Gadgetlarni tarqatayotgan smartfonga muvaffaqiyatli tarzda ulab bo‘lgach, siz manba qurilmasini yoqish orqali istalgan gadjetda internetdan foydalanishingiz mumkin. Agar sizda hamma narsa sozlangan bo‘lsa, lekin ma’lumotlar uzatilmasa, tarif rejangiz modem rejimini qo‘llab-quvvatlamasligi mumkin. Ushbu ma’lumotni operator orqali aniqlashtirish mumkin.

Agarda Android-plansheti uyali aloqani qo‘llab-quvvatlasa, u orqali ham xuddi shu tarzda Internetni tarqatishingiz mumkin.

Qabul qilayotgan qurilmalarni o‘chirish uchun modem rejimidan chiqing, so‘ngra ulanish usulingizdan kelib chiqqan holda Bluetooth, Wi-Fi’ni o‘chiring yoki USB-kabelini uzing.

iPhone’dan internet tarqatish

Ushbu ko‘rsatma iOS 11 misolida tuzilgan. Operatsion tizimning eski versiyalarida sozlash jarayoni farq qilishi mumkin.

Smartfoningiz mobil Internetga ulanganligiga va signal sifati Tarmoqning barqaror ishlashi uchun yetarli ekanligiga ishonch hosil qiling. “Пункт управления”dagi uyali aloqa tugmasi yashil rangda bo‘lishi lozim.

Apparat sozlamalarini oching va “Сотовая связь”ni tanlang.

“Режим модема” menyu bandiga o‘ting va o‘zgartirgich (переключатель) yordamida shu bilan bir xil nomdagi funksiyani aktivlashtiring. Agar “Режим модема”ni yoqish mumkin bo‘lmasa, operatorga murojaat eting va ushbu rejim sizning tarif rejangizda mavjudligini aniqlashtiring.

Ekrandagi ko‘rsatmalar yordamida smartfonga kompyuter yoki boshqa qurilmalarni siz uchun ma’qul bo‘lgan qulay usul yordamida: Wi-Fi, USB yoki Bluetooth orqali ulang.

  • Bluetooth orqali modem rejimida iPhonega Android apparatlarini va kompyuterlarni ulash mumkin. iOS’ning “Пункт управления”sida Bluetooth’ni yoqib qo‘yishni unutmang. Boshqa iOS qurilmalarini ulash uchun Wi-Fi’ni tanlang.
  • Kompyuterga USB orqali tarqatayotgan iPhone’ni ulashdan oldin iTunes’ning so‘nggi versiyasini o‘rnating. Smartfon ulanganidan so‘ng “Можно ли доверять компьютеру” savoli paydo bo‘lsa, ijobiy javob qaytaring.

Gadgetlarni tarqatayotgan iPhone’ga muvaffaqiyatli tarzda ulab bo‘lgach, siz manba qurilmasini yoqish orqali istalgan gadjetda internetdan foydalanishingiz mumkin.

Agarda iPad uyali aloqani qo‘llab-quvvatlasa, u orqali ham xuddi shu tarzda Internetni tarqatishingiz mumkin.

Qabul qilayotgan qurilmalarni o‘chirish uchun modem rejimidan chiqing, so‘ngra Bluetooth, Wi-Fi’ni o‘chiring yoki USB-kabelini uzing.


E’tiboringiz uchun rahmat!

Biz bilan birga bo‘ling: @itspecuz

Report Page