Android uchun Prisma dasturining rasmiy talqini!

Android uchun Prisma dasturining rasmiy talqini!

Kamol To'xtayev

Esingizda bo'lsa bir necha kun avval sizlarga Prisma dasturining Android moslamalariga mo'ljallangan test talqini haqida xabar bergan edik. Bugun esa e'tiboringizga Prisma dasturining rasmiy talqini taqdim etmoqchimiz. Yuklab Oling! 

Prisma o'tgan oylarda iOS moslamalari uchun mo'ljallangan dasturlar ichida juda katta mashxurlikka erishgan edi. U rasmlarga ajoyib effektlar berganligi sababli barchada juda katta qiziqish uyg'ota oldi. 

Albatta, Prisma bunday turdagi dasturlarning birinchisi emas. Biz rasmlar bilan ishlovchi juda ko'plab dasturlar va xaizmatlardan foydalanganmiz. Lekin hamma gap sifatda. Prisma yordamida haqiqatga yaqin rasmlarni qo'lga kiritishimiz va bu rasmlar qo'l mehnati ekanligiga ishonishimiz qiyin. 

Android uchun mo'ljallangan Prisma dasturi ham iOS uchun mo'ljallangan talqini bilan bir xil. Tez orada dastur mualliflari bunday effektlarni videolarda qo'llash imkoniyatini qo'shishga va'da berishmoqda. Agar shunday bo'lsa, ana o'shanda ko'rasiz haqiqiy mashxurlikni! 

Eslatib o'tamiz, ushbu dastur foydalanuvchilarini ko'pligini inobatga olgan holda, Prisma serverlarida rasmlarni qayta ishlash vaqtida bir nechta muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Manba: Texnoman.uz

Report Page