Android dasturlash
UITAndroid dasturlash - Mobil Taraqqiyot
Dasturlashni endigina boshlovchilar yoki shu sohaga qiziquvchilar qaysi yo'nalishni tanlash kerak va uning yaqin kelajagi qanday degan savol qiziqtiradi. Albatta, tanlangan yo'nalish jamiyatga foydasi tegadigan, kelajagi bor va eng muhimi yuqori daromadga olib keladigan bo'lishi kerak.
Hozirgi kunda dunyo aholisining deyarli barchasi mobil qurilmalarga ega ekanligi hammaga ma'lum. Bu qurilmalarning juda katta qismi Android operatsion tizimida ishlaydi. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, aqlli qurilmalar(smart devices)ning 80% dan ortiq qismi Android tizimida ishlaydi. Android tizimi keng imkoniyatli, dasturchilarga qulay, bepul va albatta ochiq kodlidir.

Android operatsion tizimi — Linux yadrosida yaratilgan portativ (tizimli) operatsion tizim bo'lib, kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elektron kitoblar, raqamli pleyerlar, qo'l soatlari, netbuklar, smartbuklar va smartfonlarda ishlaydi. Google tomonidan sotib olingan Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Keyinchalik Google tizim rivojlanishi bilan shugʻullanadigan Open Handset Alliance (OHA) ittifoqini tuzdi. Android yordamida Java dasturlarni tuzish mumkin.
2012-yilning 3-choragida sotilgan smartfonlarning 75 %ida Android operatsion tizimi oʻrnatilgan edi. Bugungi kunga kelib 50 milliarddan ortiq android ilovalari ro'yhatga olingan. Bu android tizimida ishlaydigan qurilmalarning ko'pligi va ular uchun ilovalarga talablarning yuqoriligini ko'rsatadi. AQSHning barcha shaharlaridagi android dasturchilari uchun yillik maosh o'rtacha 68 000$ - 82 000$ oralig'ida qilib bergilangan. O'zbekiston sharoitida Siz boshqalar uchun dasturlarni yozib berish bilan tajribangizga qarab oylik $500 - $2 000 va unda ham ko'proq topa olasiz.
O'zbekiston sharoitida statistikalarga qaraganda dasturchilarning soni aholining 0.3% dan ham kamroq ekani ko'rsatmoqda, ya'ni 3000 atrofida degani. O'zbekiston sharoitidagi android ilovalarga bo'lgan ehtiyojlarni qondirish uchun ancha kam ko'rsatkich. Android tizimida dastur tuzishning qulayligi va imkoniyatlarni cheklanmaganligi bu tizimni ommalshishiga turtki bo'lmoqda.
Kimlar o'rgana oladi
Dasturlashni o'rganish uchun Siz aynan axborot texnologiyalar sohasida ishlashingiz shart emas. Buni istagan inson o'rganishi mumkin, Siz yurist, iqtisodchi, o'qituvchi yoki istalgan boshqa kasb egasi bo'lishingizdan qat'iy nazar o'rgana olishingiz mumkin. Bu Siz o'ylaganingizdek unchalik qiyin emas ham, unchalik murakkab jarayon ham emas. Faqat huddi hayotdagidek to'g'ri fikrlash, to'g'ri yondashishni bilsangiz bo'lgani. Umuman olganda Sizda mantiq bo'lsa va shu sohaga qiziqishingiz yuqori bo'lsa bas.