Android 7.0 nougat bilan yangi imkoniyatlar

Android 7.0 nougat bilan yangi imkoniyatlar

Kamol To'xtayev

Salom. Android operatsion sistemasi bugun eng keng tarqalgan operatsion sistema deyish mumkin. Google ana shu operatsion sistemaning yangi Android 7.0 versiyasini taqdim etganidan xabar topdim. Smartfonim Google android one general mobile 4g dual boʻlgani uchun yaqinda bu haqda bildirishnoma keldi. Men androidni yangilashga buyruq berdim. 10-15 daqiqa yangilanishlar soʻng uning imkoniyatlarini tekshirib ko'rdim. Unda imkoniyatlar juda ko'p. Masalan, bir vaqtning oʻzida ikki ilovadan foydalanish. Buning uchun oynalar tugmasini 2 soniya bosib ushlab turish kerak. Bu imkoniyat videodarslarda foyda berar ekan. Toʻgʻridan-toʻgʻri videoni ko'rib, ishlashingiz mumkin. Ammo hozircha barcha ilovalar ham bu imkoniyatdan foydalana olmaydi. Ammo google ilovalari bunga moslashtirib chiqarilmoqda. Aytgancha, eski versiyada javob bermagan ayrim dasturlar ham ishlab ketdi. Google uning yangi klaviaturada ham deyarli barcha tillar, xususan oʻzbek tili lugʻati ham mavjud. Google oʻzining yangi qurilmalari qatorida Daydream view virtual voqelik qutisini taqdim etgandi. Dasturiy taʼminotda ham unda video koʻrish imkoniyati qo'shilgan. Agar smartfoningiz google niki boʻlsa va yangilanish haqida bildirishnoma kelsa, yangilashni maslahat beraman.

Report Page