Andijondagi Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari maktab, bogʻcha va poliklinikalarga xizmat koʻrsatishni boshladi

Andijondagi Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari maktab, bogʻcha va poliklinikalarga xizmat koʻrsatishni boshladi

https://t.me/adliyaxabarlari

Prezidentimizning 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan joriy yilning 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat bilan taʼminlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyi boʻlinmalariga yuridik xizmat koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida Adliya vazirligining ishchi guruhi tomonidan qarorning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan hamda “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish boʻyicha oʻquv-seminarlari oʻtkazilmoqda.

Unda mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, soliq inspeksiyasi, davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari, koʻp tarmoqli va oilaviy poliklinikalarning masʼullari ishtirok etmoqda.

Seminarlarda davlat tashkilotlarida yuridik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq maʼlumot va jarayonlarni elektron ravishda yigʻish, qayta ishlash, tahlil qilish imkonini beruvchi “Ye-huquqshunos” elektron tizimining qulayliklari, davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari, qonuniy manfaatlari oʻz vaqtida samarali himoya qilinishi, davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy, har tomonlama puxta va sifatli boʻlishini taʼminlash kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Seminardan soʻng eksperiment tartibida bittadan maktab hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tanlab olinib, ushbu muassasalarda “E-huquqshunos” elektron tizimi bilan ishlash amaliyoti oʻrgatildi.

Andijon viloyat adliya
boshqarmasi axborot xizmati.

Report Page