Andijonda “Eng namunali ekspert-kriminalistika jamoasi” hamda “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda 

Andijonda “Eng namunali ekspert-kriminalistika jamoasi” hamda “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati  

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Ichki ishlar organlarining Ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli Qarori ekspert-kriminalistika sohasini rivojlantirish borasida bir qator yutuqlarga erishishda asosiy mezon bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. 

Ushbu Qarorga asosan, respublika ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida “Eng namunali ekspert-kriminalistika jamoasi” hamda “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. 

Mazkur tanlovni respublika bosqichi viloyatlarda bo‘lib o‘tishi birinchi marta amaliyotga tatbiq etilib, joriy yilning 28-29 sentyabr kunlari Andijon viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bugun, 28 sentyabr kuni ko‘rik tanlovning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. 

Ushbu ko‘rik-tanlov o‘zaro tajriba almashish, ekspert-kriminalistika yo‘nalishida xizmat olib borayotgan xodimlarning amaliy va nazariy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ilmiy salohiyatini oshirish maydoni bo‘lib xizmat qiladi. 

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati  

Report Page