Andijoncha somsa

Andijoncha somsa



Bu resept asosida bir marotaba bo'lsa xam somsa tayyorlab ko'rshingiz kerak🥹☝🏻‼️

“Parmuda somsa” (Andijoncha) tayyorlaymiz😊❤️


💡 Bayramlarda asqatadigan ushbu taomimizning reseptini saqlab qo'ying!


🧑‍🍳 Kerakli masalliqlar:


Xamir uchun:

✅ Un – 1 kg

✅ Tuz – 1 osh,q

✅ Suv – 400 ml (keragicha)

✅ Tuxum – 2 ta

✅ Xona xaroratida yumshagan sariyog yoki margarin – 100 gr


🧑‍🍳 Nachinkasi uchun:

✅ Goʻsht – 800 gr

✅ Piyoz – 3-4 ta

✅ Dumba yogi – 100 gr

✅ Tuz – 1osh.q

✅ Zira, koriandr – 1osh.q


🧑‍🍳 Ustki qismiga:

✅ Tuxum sarigʻi

✅ Sedana/kunjut


🧑‍🍳 Tayyorlanishi:


Xamirimiz masalliqlarini solib sal kattiqrok xamir qorib olamiz va 1 soatga tindirgani olib qoʻyamiz, orada bir marta mushtlab olamiz.


— Ungacha nachinka tayyorlab olamiz: goʻshtni mayda toʻgrab, dumba, piyoz, tuz, zira, koriandr solib yaxshilab aralashtirib olamiz. Endi xamirimizni mayda zuvalachalarga boʻlib olamiz, yongʻoqdan kichikroq chiqsa chiroyli buladi, yupqa qilib yoyib, nachinka solib tugib chiqamiz.


— Endi suv yordamida 4 talasini bir biriga jipslashtirib listga terib chiqamiz (15ta 4talik somsa chiqadi). Tuxum sarigʻi surtib, kunjut sedana sepib 200° da 25-30 minut pishirib olamiz. Tandir somsachalarimiz tayyor.


turkona_cooking sahifasidan olindi

Yoqimli ishtaha, azizlar 🫶🏻😋🥰

Kunlik_retseptlar kanali

Report Page