Andijon viloyatida aholi tomorqa yer uchastkalari hamda ekin yer maydonlari dronlar yordamida monitoring qilinadi.

Andijon viloyatida aholi tomorqa yer uchastkalari hamda ekin yer maydonlari dronlar yordamida monitoring qilinadi.

@andijonkadastr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8 aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai bo‘lgan tomorqachilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan video selektor yig'ilishi o'tkazilgan edi.

videoselektor yig'ilishi

Ushbu yig'ilishda qishloq xo‘jaligida vaqtincha foydalanilmayotgan yerlarni o‘zlashtirib, kam ta’minlangan oilalarni band qilish bo‘yicha tizim yaxshi samara bermoqda. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida bu borada 31 ta kooperativ tashkil etilib, 1 ming 600 nafar ishsiz fuqaro bandligi ta’minlandi. Bunday kooperativlar faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi jamg‘armasidan 50 milliard so‘m ajratilganligi bildirildi.

Bundan tashqari tomorqalarda yetishtirilgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorga yetkazib berish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Hozirgi sinovli davrda tomorqa yerlariga ekin ekmaslik, qarovsiz tashlab qo‘yish yurtga va yerga nisbatan xiyonat deb baholanishi kerak dedi - Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.

Shuning uchun tomorqadan samarali foydalanmayotgan xonadon egalari rasman ogohlantirilishi, undan keyin ham ekin ekmaganlarga yer solig‘i oshirilgan stavkada qo‘llanilishi ma’lum qilindi.
Dron monitoring

Bu borada mutasaddi rahbarlarga tegishli hujjatni qabul qilish topshirildi. Tomorqalar holatini dronlar orqali monitoring qilish hamda ulardan unumli foydalanish uchun har bir sektor kesimida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan edi.

Ushbu topishiriq ijrosini ta'milash maqsadida dronlardan foydalanish va uni muvofiqlashtirish uchu vakolatli organ Davyergeodezkadastr qo'mitasi tomonidan aholi tomorqalari hamda ekin yer maydonlarini dronlar yordamida monitoring qilish uchun tegishli buyruq qabul qilinib, ishchi guruhi tuzildi.

Ushbu ishchi guruhi buyruq bilan tasdiqlangan grafikka asosan Andijon viloyatida monitoring o'tkazib, aholi tomorqa yer maydonlari maqsadli va samarali foydalanish bo'yicha tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berish rejalashtirildi.

Andijon viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi matbuot hizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari

Telegram | Facebook | Twitter | Instagram




Report Page