Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda uning quyi tizimlari xodimlari o‘rtasida “Namunali oila” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda uning quyi tizimlari xodimlari o‘rtasida “Namunali oila” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022-yil 15-fevral kungi “Ichki ishlar organlarida “Namunali oila” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etish maqsadida Andijon davlat universitetida viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning oila a’zolari ishtirokida "Namunali oila" ko‘rik- tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 19 ta jamoadan tashkil topgan oilalar "Tanishtiruv", “Bu mening oilam” nomli eng yaxshi fotosurat va videoroliklar hamda “Biz kitobxon oilamiz” badiiy adabiyotlardan savol-javob shartlari bo‘yicha bellashdilar.

Ushbu ko‘rik-tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra "Namunali ishtiroki uchun" nominatsiyasi g‘olibligiga Jalaquduq tumani ichki ishlar bo‘limi xodimi mayor Egamov Ixtiyorjon Muxammadjonovichlar oilasi munosib ko‘rildi. Faxrli 3-o‘ringa 7553-harbiy qism xodimi kichik serjant Boboxo‘jayev Azizbek Alijonovichlar oilasi loyiq deb topilgan bo‘lsa, 2-o‘rin Xo‘jaobod tumani ichki ishlar bo‘limi xodimi katta leytenant Tillayev Xusniddinxo‘ja Saydaliyevichlar oilasiga nasib etdi. Ko‘rik-tanlovning mutlaq g‘olibligini Andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimi kapitan Jo‘rayev Xurshid Satvoldiyevichlar oilasi qo‘lga kiritdi.

Gʻolib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati



Report Page