Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronovga biriktirilgan Oltinko‘l tumanining Qipchoq MFYdagi otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronovga biriktirilgan Oltinko‘l tumanining Qipchoq MFYdagi otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 12-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining navbatdagi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda Ichki ishlar vazirining 2024-yil 13-yanvardagi “Ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash tartibini tashkil etish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘iga asosan joriy yilning 27-aprel kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronovga biriktirilgan Oltinko‘l tumanining “Qipchoq” MFYdagi otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni Vatanga bo‘lgan muhabbat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligi va qonunga itoatkorlik xissini oshirish, ularning bandligini taʼminlash, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni aniqlash va barvaqt oldini olish bo‘yicha “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikda aniq va maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shundan so‘ng, “Qipchoq” mahallasida istiqomat qiluvchi X.Xolmirzayev, N.Bekmirzayeva hamda N.Sobirovlarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida imtiyozli kredit pullari topshirildi.

Shuningdek, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi V.Valijonovaga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID karta tantanali ravishda topshirildi.

Mahalla yettiligi tavsiyasiga binoan tadbir tashkilotchilari boshchiligida mahalladagi ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan xonadonlar xolidan xabar olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati


Report Page