Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi mutaxassislari tomonidan bank xodimlari o‘rtasida qalbaki pul kupyuralari bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi mutaxassislari tomonidan bank xodimlari o‘rtasida qalbaki pul kupyuralari bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazining 2024-yil 16-may kunidagi tegishli ko‘rsatmasi ijrosini taʼminlash maqsadida bank muassasalari xodimlari o‘rtasida "Qalbaki pul kupyuralari, chet-el valyutalari, qalbaki hujjatlar, qimmatbaho qog‘ozlar"ga o‘zgartirish yoki qalbakilashtirish usullarini va hujjatlarning umumiy va xususiy belgilariga sinchkovlik bilan eʼtibor qaratishlari lozimligi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 30 may kuni, Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Andijon viloyat Bosh boshqarmasi hamda aksiyadorlik tijorat banklarning valyuta ayriboshlash bo‘limi boshliqlari va ishchi xodimlari uchun o‘quv trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Belgilangan o‘quv trening mashg‘uloti bo‘yicha mutaxassislar tomonidan “Qalbaki valyutalarni aniqlashda eʼtibor qaratiladigan muhim xususiy belgilar” va chet el valyutalari bo‘yicha turli mavzular doirasida ishtirokchilarga atroflicha nazariy hamda amaliy tushunchalar berildi.

Bir so‘z bilan aytganda bo‘lib o‘tgan trening mashg‘ulotlari qiziqarli tarzda olib borilib, bank xodimlarining bilim va malakasini yana-da oshishiga xizmat qildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati



Report Page