Andijon Digital City texnoparki Digital Girls loyihasiga start berdi
Andijon Digital City texnoparki ayol-qizlarni eng talab yuqori IT kasblariga bepul o'qitishga qaratilgan Digital Girls loyihasini boshladi.
2022-yilda loyihada ishtirok etish uchun 600 dan ortiq arizalar qabul qilingan bo‘lib, ulardan 100 nafar eng yaxshi qizlar saralanib olindi.
2023-yilda loyihaga 3 ta yo'nalish qo'shildi: Backend, UX / UI dizayni va HR. Bundan tashqari, yil davomida 300 nafar qizni o’qitish rejalashtirilgan.
Digital Girls loyihasining asosiy maqsadi ayol-qizlarga zamonaviy IT kasblarni: Frontend, Backend, UX/UI, 3D dizayn, Grafik dizayn, SMM, BPO (logistika), HR (IT rekruting)ni o'rgatish va yangi kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Loyiha ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin:
• individual va jamoaviy murabbiy/ustoz
• olingan bilimlarni amaliyotda qo'llash
• bepul mahorat darslari, treninglar, madaniy-ma'rifiy tadbirlar
• jamoada ishlashni o'rganish
• Freelanceda ishlashni o'rganish
Loyihada ishtirok etish bepul.
Arizalar 2023-yil 24-fevralgacha qabul qilinadi.
Telefon: +998 55 201 90 00; +998 55 201 21 21
Batafsil ma'lumot ushbu havolada