Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi Umumkasbiy fanlar kafedrasida ochiq darslar haftaligi o‘tkazildi
Joriy haftada reja asosida kafedra o‘qituvchilari tomonidan ochiq darslar o‘tildi. Unda K.Jalilova Umumiy gigiyena va ekologiya fanidan 110-guruhda “Ishlab chiqarish muhitidagi ruhiy-fiziologiya va fizik omillarga gigiyenik taʼrif" mavzusida, Anatomiya, fiziologiya va patologiya fanidan D.Yusupova 108-guruhda “Nafas olish tizimi sistemasining vazifalari” mavzusida, M.Anorboyev 106-guruhda "Bo‘g‘im turlari. Mushaklar sistemasi" mavzusida, M.Mahmudova 10 -guruhda "Tanya skelet va uning qismlari. Umurtqa pog‘onasi. Ko‘krak qafasi. Tuzilishi, birikishi va vazifalari" mavzusida, E.To‘lakov 102-guruhda "Uy sharoitida birinchi tez tibbiy yordam" mavzusida seminar dars o‘tdi. Shuningdek, B. Xolmuhamedov "Yosh anatom" to‘garagi doirasida ochiq dars o‘tkazdi.
Mazkur haftalik doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari X.Sapioxunova va D.Temirovalar ishtirokida G.Axmedova tomonidan seminar o‘tkazildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti matbuot xizmati