Anʼanaviy pedagogdan fasilitatorlik tomon

Anʼanaviy pedagogdan fasilitatorlik tomon

  
Fasilitatsiya akademik mazmun bilan bir qatorda, oʻquvchilarni oʻrganishda yaxshiroq tanlov qilishlari uchun qanday oʻrganishni oʻrgatadi.

Koʻpchilikka ayon oʻquvchilarimiz orasida “imtihon uchun kerak” yoki “ustozim aytgani uchun” kabi jumlalar tez-tez yangraydi. Demakki, ular fanlarni shu qarashlar asosida oʻrganishadi.

Bolalarni oʻqitishda anʼanaviy uslubiga nisbatan fasilitatsiyaning roli oʻrganib chiqildi. Anʼanaviy oʻqitish jarayonda oʻqituvchining rolini taʼkidlagan boʻlsa, fasilitatsiya ishtirokchilarni oʻz taʼlim jarayoniga jalb qilish masʼuliyatini yuklaydi. Yaxshi fasilitator bu — “haqiqiy dunyo” tajribasini umumiy oʻrganish tajribasida birlashtiradigan kishidir. Yaʼni oʻrganishni imkon qadar osonlashtiruvchi kishi.

Sinfdagi taʼlimni real dunyo bilan bogʻlash oʻquvchilarga oʻrganayotgan narsalarining ahamiyatini koʻrishga yordam beradi. Xuddi shunday, dunyoni sinflarimizga olib kirish bola uchun qiziq va qaysidir maʼnoda motivatsion kuch. Masalan ixtiyoriy mavzuni sinfdan tashqaridagi biror predmet yoki hodisaga qanday aloqasi borligini sharhlab, qisqacha talqin orqali aniq tushunchalar berish oʻquvchilarning tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi.

Bolalarga nimani oʻrganishlari bilan birga bu nima uchun kerakligini ham tushuntiring.

Oʻquvchilaringizdan kontentni oʻzlarining hozirgi muhitida qoʻllash usullarini soʻrab koʻring. Bu toʻgʻridan-toʻgʻri tajribani ragʻbatlantiradi natijada oʻquvchilar yangi bilimlarini qanday qoʻllashlari haqida tasavvurga ega boʻlmasdan turib sinfni tark etmaydi.

Oʻquvchilar oʻqituvchi sifatida

Oʻquvchilaringizga oʻz tajribalarini faol baham koʻrishlariga va bir-birlariga oʻrgatishda yordam berishlariga ruxsat bering. Fasilitator oʻquvchilarning ham bilim va tajribasidan samarali foydalanadi. Tajriba, albatta, eng yaxshi oʻqituvchidir!

Demak, fasilitatorlar — bu anʼanaviy oʻqitish tushunchasi ostida ishlamaydigan, aksincha, oʻquvchilar oʻzlari oʻrganishi uchun yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, maʼlum gʻoyalar haqida ularning fikrlarini shakllantirishni maqsad qilganlardir.

 

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram  | You Tube | Twittter






Report Page