Amudaryo tumani adliya bo‘limi tomonidan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida huquqiy viktorina o‘yini o‘tkazildi

Amudaryo tumani adliya bo‘limi tomonidan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida huquqiy viktorina o‘yini o‘tkazildi

Amudaryo tumani adliya bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-yanvardagi 6-um-son buyrug‘ining 6-bandida haftaning har chorshanba kuni - “Huquqiy axborot” kuni deb e’lon qilingan bo‘lib, unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilib borish topshirilgan.

Mazkur buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida adliya organlari va muassasalari xodimlariga 4-sektor hududida yashovchi yoshlar biriktirilgan bo‘lib, bugungi kunda tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “Navoiy”, “Beruniy” , “Chordara”, “Bo‘ston” MFY mahallasidagi yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish borasida qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Amudaryo tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “Beruniy” MFY mahallasida joylashgan 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Huquqiy axborot” kuni munosabati bilan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida viktorina o‘tkazildi.


Viktorinada maktabning yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik normalariga tegishli savollardan tashkil topgan test sinovi asosida kuch sinashdi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida hamda voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushunchalar berildi.

Tadbir yakunida faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa kitoblar bilan taqdirlandi.

Amudaryo tumani adliya bo‘limi




Report Page