Amir Temur vafoti!

Amir Temur vafoti!


https://t.me/ustozlar_uzbekistan


1404-1405 yili qish juda qattiq kelganligi manzarasini Muiniddin Natanziy quyidagicha ifodalaydi:”Ittifoqan o’sha yili qish shu qadar qattiq keldiki, sovuq shiddati yerning yeti qavat tagidagi ho’kiz va baliqning ustuxonidagi ilikni muzlatib yubordi. Qor ko’p yog’ganidan tekis yer va tog’ orasidafarq qolmadi”.

Miyonkol vodiysidan Temur darvozasiga qadar lashkarlar uchun yurish quvonchli bo’ldi. Biroq, Toshkentdan shimolroqda qor yog’di. Yanada shimolroqda esa achchiq ayozlar boshlandi. Qirg’iz cho’llariga yaqinlashgan sayin Temur lashkarlari odamlarni, chodirlarni va baland daraxtlarni uchirib ketgudek qudratli bo’ronga duch kela boshladilar. Ana shunday bo’ronlarning birida daraxt panasida dam olmoqchi bo’lgan vazir ustiga qor va muz juda ko’p tushgan daraxtning bir shoxi uzilib tushib, halok bo’ldi. Temur esa, “Qismat” deb qo’ydi. Yo’lda qalin qor qoplagan o’lkalardan o’tdilar, kuchli ayozga duch keldilar, katta miqdordagi askarlar va jonivorlardan ayrildilar. Sovuq shu qadar kuchli ediki, ko’kdagi qushlar qotib yerga tushar, askarlarning nafaslari soqol-mo’ylovlariga yopishib qolar edi. Hirovul ayrim joylarda qorning qalinligi askarlarning ko’kragiga yetishini xabar qildi. Biroq, o’ziga ham, o’zgaga ham shafqat qilmaydigan va o’limni ortda qoldirishni istagan Amir Temur qo’shinini hech ikkilanmay shimol tomon boshlab ketardi. Yurishni to’xtatish haqidagi fikr Temurning ko’ngliga mutlaqo kelmas edi. Ortga qaytish harbiy iqtidorlar uchun haqoratdek tuyular edi. Havo o’tgan yildagiga qaraganda ancha sovuq edi, shuning uchun qishni Oqsulotda o’tkazish buyurildi. Bu yerdan atrofga maktublar, choparlar yuborildi; mo’g’ullar ustiga yurish uchun shahzodalardan Xalil Sulton Umarshayx o’g’li Ahmad bilan birga Toshkentga, Shohruhiyaga o’ng qo’l o’laroq yuborildi. Qizidan bo’lgan nevarasi Husaynni esa so’lqo’l o’laroq Sayramda qishlash uchun yubordi. O’zi O’trorga qarab yo’naldi.

Qaro Buloq mavzesida borib tushti. Shahzodalar va beklar har soridin har soridin yarog’larini qilib, cheriklari bila tavajjuh bo’ldilar. Hazrat Qaro Buloqdin ko’chub, Ilon o’tti yo’lig’a kirib yuridi va Tomliqqa kelib tushti. Va anda tushkonda ulug’ qor tushti va havo asru sovuq bo’ldi. Hazrat andin ko’chub, Oqsulotqa borib tushti va bu yer qumloq erdi va o’tuni ko’b. Ushbu yerda qishloq solib, evlar yasab o’turdilar. Shahzodalar va beklar o’zlari uchun evlar solib erdilar. Oftob Jadiy burjig’a kelgonda asru sovuq bo’ldi.

Saltanat poytaxti Samarqanddan chiqqan qo’shin Qora buloq, Ilono’tti va Tomliq orqali Oqsulotga kelib tushdi. Amir Temur Oqsulotda 50 kun turdi. Mirzo Ulug’bek, Ibrohim Sulton, Jahongir Mirzo ham bobosi bilan shu yerda birga bo’lishdi.

Sulton Sohibqiron qishlov yurtini Oqsulot kasbasiga tayin qilib, shu yerga kelib qo’ndi. Boshqa lashkarlar Sayxun sohili bo’ylab qishlov uchun joylashib olishdi. Ittifoqan, ulkan samoviy jismlarning qironio’z xosiyatini zohir qilib, zaminu osmonni zamharir nafasi bilan muzlatib yubordi. Bu hol olam ko’rinishi va bani odam turmushiga ta’sir qilib, jahonning xursandchilik labiga g’am-anduh mixini qoqib bekita boshladi. Osmon hali Jadi burjidan og’magan, sovuq shiddati hali pasaymagan, qahraton qish va sovuq butun borliqni qaqshatib turardi. Deyarli har kuni qor yog’ardi. Shunga qaramay, Amir Temur o’sha hijriy 807 yil jumodi ul-oxir oyining 21-kuni (milodiy 1404 yil 26 dekabr kuni) Oqsulotdan ko’chib, O’trorga qarab yo’l oldi. Oqsulotdan Uzun Otaga, undan Sutkanga, u yerdan Kamarsho Otaga bordi va nihoyat, Sulton Shayx bilan Zarnuqni ham bosib o’tib, Sayhun(Sirdaryo) sohiliga yetib oldi.

O’sha kezlarda havo shu darajada sovib ketdiki, ko’pchilik akobirlaru zodagonlarning ba’zi a’zolarini sovuq oldi, oddiy odamlar va xodimlarning ko’pchiligi halok bo’ldi. Qavs (oyi) ning bosidan to hut (oyi)ning oxirigacha Jayhun va Sayhun daryolarining barcha kechuvlaridan lashkarlar, karvonlar, aravalar, fillar va hokazo muz ustidan o’tdilar. Sovuqning qattiqligidan til og’izda uyushib qolardi, (ona) qornidagi bolaga ham zarar yetishi aniq edi.

Oxirgi kunlari, o’chakishganday, qor tinim bilmay yog’ar, sovuq avvalgidan ham zo’rayib borar edi. Mol-holga ham, odamlarga ham qiyin bo’ldi o’sha kunlari. Ba’zi odamlarning qo’l oyoqlarini sovuq oldi. Daryo ham qalin va qattiq muzlagan edi. Oldinga yuborilgan qorovullar, ko’p taftishu tekshirishlardan keyin, muzning qalinligi ikki-uch gazga (taxminan 2 metrga) yetganligini aniqlab qaytdilar. Oliy o’rdu muz ustiga tashlangan namat va gilamlar ustidan o’tdilar. Daryoning o’ng sohilida Amir Temurning xotinlari, shahzodalar, katta amirlar va Sohibqiron navkarlarini O’tror hokimi Amir Berdibek boshliq shahar boyonlari, Yassi (Turkiston) hokimi Arslonxo’ja tarxon va Turkistonning ko’zga ko’ringan ulamolari, mashoyixlar va zodagonlar kutib olishdi. Amir Temur o’sha yili rajab oyining 12-kuni (milodiy 1405 yil 13 yanvar kuni) O’trorga yetib bordi va Amir Berdibekning saroyiga kelib tushdi. Nihoyat, O’trorga ham yetib kelindi. Lashkargoh tiklanib, shox-shabbadan gulxanlar yoqildi. Qal’a devorlaridan ufqqa qadar yastanib yotgan qorni ko’rgan akobirlarning ko’pchiligi ko’klamgacha shu yerda qolib ketishlariga amin edilar. O’trorda faqatgina nafas rostlab o’tishni xayol qilgan oliy buyuk sarkarda esa Berdibekning saroyida to’xtadi. Birinchi tundayoq binoning tomiga o’t ketdi, Sohibqiron qo’shinidagi mo’g’ullar buni yomon nishona, deb talqin qildilar. Qovg’a burjida uch sayyoraning bir-biriga yaqinlashganini kuzatgan munajjimlar falokatni bashorat qilganlarida, mo’g’ullarning kayfiyati butun qo’shinni egalladi. Amir Temur saroy tomini tuzattirgandan keyin To’xtamishxon akobirlaridan birini qabul qildi; o’zining darbadar hayotidan noligan bu kimsa Sohibqirondan aybidan o’tishni hamda O’rda taxtiga o’tirishiga ko’maklashishini so’rattirgan edi. Ko’rnamak bu do’stiga nisbatan ko’nglida kiri bo’lmagan Amir Temur unga Xitoy yurishidan so’ng yordam berishga vada qildi. Hazrat Sohibqiron O’trorda bir oydan ko’proq vaqt turdi. G’ulda (markazda) turishi kerak bo’lgan qo’shinlar esa O’tror tevaragidagi qishloqlarga olib borib joylashtirildi.

Shu kunlarda sovuq shu darajada qattiq bo’lgandiki, “til og’izda”da uyushib qolardi. Mana shunday qahraton qishda Sohibqiron dardga chalinib, ahvoli kundan-kunga og’irlashib bordi.

O’sha kunlari Amir Temur qattiq betob edi. Shunga qaramay, tez-tez Toshkent, Shohruhiya, Sayram va Turkistonga choparlar yuborib, u yerda turgan lashkarlarning umumiy ahvolidan xabar oldirar, amirlar, vazirlarini to’plab majlis va kengashlar o’tkazar, yaqin orada boshlanadigan katta harbiy yurish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni qayta-qayta muhokamaga qo’yardi. Kengashlarda Chingiziy o’g’lonlar ham qatnashar edilar. Ularning orasida Jo’chixonning avlodi Toshtemir o’g’lon, To’xtamishxonning o’g’li Chehra o’g’lon, O’gaday qooning avlodi Toyzi o’g’lonlar ham bor edilar. Ular ham shu yurishda o’z qo’shinlari bilan qatnashayotgan edilar. Shundan so’ng u yaqin kunlarda Samarqandga qaytishlari lozim bo’lgan malikalar shahzodalar sharafiga ziyofat berdi.

Ziyofat tafsilotlari xususida Amir Temur tarixining jonli guvohi bo’lmish Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma”sidan quyidagilarni o’qiymiz: ”Bir necha kecha-kunduz bazm soqiylari qo’lidan to’la qadah va jom olib, go’zal parivashlar yuzidek gulgun boda va rayhondek (xushbo’y) sharob ichmoq ila g’animat tongi boshini murod yoqasidan chiqardi, aysh-ishrat quyoshi murod yoqasidan chiqdi. Shodlik manbai dilxushlik sarmoyasi bo’lmish sharob lashkari ketma-ket dimog’ maydoniga ot surib, g’amning gerdaygan (bo’yni) va o‘ylovning bozorini sindirar, xurramlik bog’lari-yu, ayshu tarab niholini yangidan yashnatar edi”.

Bazm uch kun davom etdi. Temur o’zini isitish uchun yana va yana may, o’tkir ichimliklar va turfa xil dorivorlar buyurardi. Maydan u sharobga o’tdi; biroq ovqatlarga qo’l urmadi.

Mana shu ziyofat chog’ida, ya’ni 1405-yil 12-yanvar kuni xuruj qilgan xastalik uni to’shakka yotqizib qo’ydi. Ayrim muarrixlar Amir Temur me’yoridan ortiq sharob va bo’za ichganini, oqibatda bedavo dardga yo’liqqanini yozadilar.

Boshqalari esa uning a’zoyi badanini kuchli isitma qamradi, alahsiray boshladi va natijada jon taslim qildi, deya ta’kidlaydilar.

(Allohning) quli bo’lmish hazrat Sohibqiron yana ikki kecha-kunduz ushbu araqdan ichish bilan mashg’ul bo’ldi va birorta ovqatdan og’ziga olmadi. Keyingi kun muborak mijozida o’zgarish sezdi. (Misra): unda xumor alomati bo’lsa kerak, deyishdi. Tuzalish uchun yana bir-ikki qultum ichdi. Zohirida (sovuqlik) borligi sababli, isitma birmuncha taskin topdi, deb o’yladilar. Ammo me’da isigach, isitma ko’tarilib ketdi.

Bu yerda (O’torda-Y.Z.) uning kasali shu darajada avj oldiki, saroy tabibi Mavlono Fazlulloh bemorning holi umidsiz ekanligini to’xtovsiz e’lon etdi. O’lim bilan yuzlarcha marta yuzma-yuz kelgan Temur hayotining bu so’nggi daqiqalarida o’zining qahramonlik vazifasiga sodiq qoldi.

Kasallik sababi xususida ingliz adibasi Xil’da Xukxem esa bunday fikrda: ”U oshqozon va ichak yallig’lanishi kasalligiga uchragandi. A’yonlar uning ichkilikka ruju qo’yishini xastalik oqibati deb baholadilar. Sohibqiron ichkilik ichishni to’xtatmadi, bu uning dardini battar zo’raytirdi. Tabiblar uning boshi va qorniga muz qo’ydilar. Saroyning tabibi hoziqi mavlono Fazl Tabriziy ham ularning orasida edi. Biroq na u va na boshqa tabiblar o’zlarining dori-darmonlari bilan xastalik jarayonini o’zgartira olmadilar. Kun sayin kuchayib borayotgan xastalik boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqardi




Report Page