Amazondan offer oldimmi?

Amazondan offer oldimmi?

Abdulaminxon

Assalomu alaykum ushbu maqola Amazonga topshirgan intervyum va hamda uni natijasi haqida bo'ladi. Oldindan ogohlantirish ushbu maqolada ingliz tilidagi so'zlar aralash yozilgan, imloviy xatolar bo'lishi mumkin.

23 - iyun kechki soat 1:31 da LinkedIn dan AWS da Technical Sourcing Recruiter bo'lib ishlaydigan X ismli recruiter menga yozdi. Yozilgan habar quyidagicha edi.

P.S: Savollar ko'paymasligi uchun ismlar hamda joylar berkitib qo'yildi.

Keyin men yaqinlarim bilan maslahatlashib ko'rdim. Amazonga topshirgan o'zbek akalar bilan gaplashib ko'rdim. Albatta ko'plari javob ham qaytarishmadi ;) bu tabiiy.

Men roziligimni bildirdim. Recruiter keyingi bosqichlarni boshladi. Resumeyimni olgandan so'ng kichik bir screening call bo'ldi. Bunda asosan resume ni tekshirdi. Menimcha o'zim haqimda ko'proq ma'lumot so'radi. Bu yerda siz resumeda nima bo'lsa yoki qilgan ishingiz haqida aniq ma'lumot berishingiz kerak. Yolg'on ma'lumot tezda ajralib qoladi.

Oradan biroz vaqt o'tgandan so'ng menga Online assesment jo'natishdi.

Menga bir hafta ichida ushbu assesment ni bajarishimni so'rashdi. Bu odatda 3 qismdan iborat bo'ladi:

  1. Coding challenge. 90 minut vaqt berildi. Hackerrank platformasida bo'lib o'tdi. Jami ikkita masala tushdi. Birinchi masala String manipulation edi. Buni O(n) time complexity bilan matematik usulda yechdim 15 minut vaqt ketdi. Lekin ikkinchi masalani 5 marta o'qidim 1 marta tushunmadim. 2 - masala Matrix edi. Brute force qilib yechdim. Faqat oxirgi 2 ta test o'tmadi. Oxirgi ikkita testni ko'rib buni hal qilish uchun harakat qildim. Menda oxirgi natijada time limit tugab qoldi. 2 - masal oxirigacha yechilmadi. Ehhh.
  2. Work simulation. Vaqt bilan chegaralanmagan lekin o'rtacha 15 minut vaqt oladi. Asosan SDE, Amazonda ish davomida sodir bo'ladigan holat simulatsiya bo'ladi. Bu haqida internetdan ko'proq ma'lumot topsa bo'ladi.
  3. Work Style Surveys. 10 minutga yaqin vaqt oladi. Siz bu yerda o'zingizni fikrlaringizni berasiz ishdagi holatlarga. Bu haqida ham ma'lumot internetdan osson topiladi.

Siz ham o'ylagandirsiz 2 - masala yechilmabdi yiqildi deb. Ha men ham shunday o'ylagan edim. Menga ushbu emailni jo'natishdi.

O'zi rejected bo'ldi. Deb 2 kun o'ylab yurdim va Gmailni ochsam Gmail meni hursand kutib oldi ;). Ushbu email kelgan edi:

Men juda hursand bo'ldim. Bu yerda hursandchilikni ifodalaydigan qandaydir GIF bo'lishi mumkin edi. Keyin o'yladim qaysi muddatni kirgizish mumkin deb. Birinchi Recruiter bilan bog'lanib ko'ray dedim. Recruiterga πŸ‘πŸ‘πŸ‘ menga tayyorlanishimga kerakli deyarli barcha ma'lumotlarni jo'natdi. Ma'lumotlar ichida private tutoriallar ham bor ekan qoyil qoldim. Yana Recruiter har seshanba O'zbekiston vaqti bilan 21:00 da har qanday savol/javob uchun call qilar ekan. Yana bir marta qoyil qoldim. Keyin Phone interviewga o'zim uchun tayyorlanishga qulay vaqtni o'yladim va ketma ket 5 kun kiritdim.

Tayyorlangan manbalarim:

Cracking the Coding Interview - Gayle Laakmann McDowell

Grokking Algorithms - Aditya Y. Bhargava

System Design bo'yicha YouTube hamda https://bytebytego.com/ dan video va ma'qolalar ko'rib chiqdim.

LeetCode da Graph, Tree, Linked List shular bo'yicha medium masalalar yechdim.

Amazon da Leadership Principles bor bunga ham real case lar orqali tayyorgarlik ko'rdim.

Muhimi siz tayyorlanishda STAR metodidan foydalaning. Bu haqida internetda ma'lumot ko'p.

Juda qattiq tayyorlanmay interview bo'ladigan kunga yetib kelindi. Meni interview qiladigan shaxs Braziliyalik Ph.D Scientist ekanlar. Suhbat odatiy boshlandi. O'zini tanishtirdi. Men o'zimni tanishtirdim. Keyin 15 minutcha behavioral savollar bo'ldi. Shundan so'ng problem solving boshlandi. Birinchi problem Graph dan tushdi. LeetCode Medium problem buni osson yechdim BFS algorithm orqali. Tahminan 15 minut ketdi. 2 - masala Tree dan tushdi LeetCode Medium(lekin hard bo'lishi kerak shu). 10 marta o'qidim 1 marta ham tushunmadim. Keyin so'radim ozgina hint bera olasanmi deb menga yo'nalish berdi lekin befoyda. O'zim o'ylagan yo'l bilan yechishga harakat qildim o'xshamadi. Orada menga qo'shimcha hintlar berdi o'shalar orqali harakat qildim. Shu yerda tushunib yetdim miyya qo'y charchatdingku deb ketib yubordi shekilli. Masalani 2 ta testi o'tdi holos. Men o'zimni yechimimga ketgan vaqtlarni hisoblab aytib berdim. Keyin oxirida menga savollaring bormi dedi. Bir ikkita o'zimga qiziq savollarni berdim. Menga rahmat aytdi men unga rahmat aytdim. Keyin tugadi.

O'ylayapsiz huddi menga o'xshab bo'ldi yiqildi deb men ham shunday o'yladim. Lekin kayfiyatni tushurmadim. Sababi bu birinchi FAANG kompaniyaga harakat edi.

Phone Interview bo'lgan kunni o'zida yangi email qabul qildim. Bu emailda recruiter men topshirgan positionga meni bilimim biroz yetmasligini. Lekin boshqa positionlar borligini hamda ular uchun topshirgani linklarni jo'natdi. Agar qiziqsam bularga ham topshirsam keyingi etaplarga harakat boshlashini aytdi. Bunga o'zimni javobimni aytdim.

Ushbu interview dan qanday ma'lumot oldim. Men interviewga juda kam muddat belgiladim hamda deyarli tayyor emas edim. Mock interviewga yordam bera oladigan odam topa olmadim. Maslahatim topshirishdan oldin tayyorlaning Data Structures, System Design, Amazon Leadership Principles ni yaxshi o'rganing. LeetCode da kamida 150 ta medium masalalar yechib ko'ring. Keyin harakat qiling.

"Rejected is not failure"

Rahmat oxirigacha o'qiganingiz uchun o'zingizga foydali ma'lumot oldingiz degan umiddaman.

Telegram: @webdastur πŸš€

Report Page