Amaliyotda kasbga o'rganishdi
Enter Engineering Pte.LtdI.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalari yaqinda o‘tkazilgan o‘quv amaliyotida nafaqat kompaniya faoliyatini o‘rganish, BGQIZ qurilishining borishi bilan yaqindan tanishish, balki payvandchi va stropalchilik kabi kasblarning asoslarini o‘rganish imkoniga ega bo‘lishdi.
«Mazkur amaliy mashg‘ulotlar yigitlarning kelajakdagi kasbiy faoliyatida foydali bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi maqsadida tashkil etildi. Shuningdek, ularga umumiy qurilish jarayonida turli mutaxassisliklar vakillarining ahamiyati haqida aniq tushunchani shakllantirishga yordam berildi», — deydi HR-departamentining mehnat resurslarini tanlash va tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Baisov.
Mashg‘ulotlar loyihaning moddiy-texnik bazasi asosida tashkil etilib, o‘quvchilar bilan tajribali mutaxassislar ish olib bordi. Dastlab, bo‘lajak muhandislar payvandlash va stropallash mahoratini o‘rganishga shubha bilan qarashdi, lekin asta-sekin ularning qiziqishi ortib bordi va ularga amaliy ish ishonib topshirilganda, zavqining chegarasi bilinmasdi.
«Mashg‘ulotlar davomida yigitlar qurilishda olib boriladigan payvandlash ishlarining asosiy turlari bilan tanishishdi. Xavfsizlik choralari, materiallar, texnologiya va payvandlash usullarini o‘rganib chiqishdi. Shundan so‘ng, ularning har biri amaloyotga kirishib, o‘zining birinchi payvandini qilishi mumkin edi. O‘ylaymanki, ularning ko‘pchiligi mashg‘ulotlar davomida ilk qadamlarini qo‘ygan bo‘lsa, keyinchalik bu kasbni o‘zlashtirishni davom ettirish istagida bo‘ladi», — deydi instruktor Zarif Shomurodov.
Murabbiy haqida bir necha so‘z aytishga arziydi. Zafar aka tajribali payvandchi mutaxassis, kasbida 35 yillik tajribaga ega. Qizig‘i shundaki, u Enter Engineeringga nafaqaga chiqqanidan keyin kelgan. Yoshiga qaramay, uning bilim va mahorati kompaniyada qo‘l keldi. Mana bir necha yildirki, u instruktor sifatida tinimsiz mehnat qilib, yangi kelganlarni, jumladan, xorijliklarni kasbga tayyorlab, sinovdan o‘tkazmoqda.
Talaba-stropalchilarning mashg‘ulotlari ham qiziqarli bo‘ldi. Ular yukni ko‘tarishdan oldin qanday qilib to‘g‘ri joylashtirish, uni bog‘lash va maxsus stropalar bilan osib qo‘yishni o‘rganishdi va bu oddiy ko‘ringan, ammo juda muhim vazifani bajarishda o‘zlarini sinab ko‘rishdi.
Talabalar uchun hali oldinda o‘qish vaqti bor, lekin bu yilgi yozda ular katta va murakkab loyiha bilan tanishishga muvaffaq bo‘lishdi. Ishonchimiz komilki, ular mahalliy romantikaga singib ketishdi, oldiga yangi maqsadlar qo‘yishdi va tez orada ular o‘zlari haqida g‘urur bilan “Men quruvchiman!” deya olishadi.