Amaliy mashg'ulot: Mehmon kutish odoblari

Amaliy mashg'ulot: Mehmon kutish odoblari


Maktabimizda faqat nazariy emas, amaliy mashg'ulotlar ham tashkillanishidan xabardorsiz. 

Maktabimizda o'quvchilarimizga aniq, ijtimoiy, tabiiy yo'nalishlarda ta'lim berish, til o'rgatish bilan birga, salohiyati va estetik dunyoqarashini shakllantirishga ham alohida e'tibor qaratiladi. 

Shu maqsadda ta'lim maskanimizda qo'shimcha mashg'ulot sifatida "Shaxsiy rivojlanish" darslari o'tiladi.

Unda o'quvchilarimiz etiket qonun-qoidalarini o'rganishadi, shaxsiy rivojlanish va biznesga oid kitoblar o'qishadi, liderlik qobiliyatlarini shakllantirishadi.

Kuni kecha "Ijtimoiy" yo'nalish o'quvchi qizlari ishtirokida "Mehmon kutish odoblari" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

Unda o'quvchilarimiz darslarda o'zlashtirgan bilimlarini o'zlari bezatgan dasturxon atrofida amaliy ko'rsatib berishdi.

O'quvchi qizlarimiz taqdimotlar orqali taomlanish odoblari, dasturxon bezatish "Yevropa" va "O'zbekona" uslubda mehmon kutishning o'ziga xosliklari, mehmon kutish turlari, dasturxonda jihozlarni joylashtirish mavzularida o'rgangan bilimlarini amalda ko'rsatib berishdi.

Mashg'ulot yakunida maktab direktori B.Rahmatullayev o'quvchilarga hayajonni yengish, notiqlik mahoratiga oid fikrlarini bildirib o'tdi.

Eng muhimi, darslarda olingan nazariy bilimlarning amaliy mashg'ulotlar orqali mustahkamlangani o'quvchilarimiz uchun ham ayni muddao bo'ldi.

Report Page