Aloy
http://telegram.me/Kasallikla
Aloe dorivor o'simlik sifatida ko'pgina mamlakatlarda tarqalgan.
Aloe teri a'zosining oynasi sanaladi.
Teridagi toshmalar ,uning dag'alligi ichki a'zolar, ayniqsa, jigarda zaxarli toksinlar yig'ilganidan xabar beradi. Aloy tarkibidagi antioksidant moddalar tanani zaxarli taksinlardan tozalaydi.
Bundan tashqari, o'simlikdan jig'ildon qaynashi, ichak kasalliklari, qandli diabet, bod, ginetal gerpes, psorioz kabi kasalliklarni davolashda foydalaniladi.
Bundan tashqari aloy ovqat xazm qilishni yaxshilaydi, oshqozon - ichak faoliyatini kuchaytirib, organizmga o't xaydovchi, bo'shashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Aloy dori - darmonidan kamqonlik, ko'z kasalliklarini, quloq, tomoq, burun kasalliklarini davolashda keng foydalinadi.
Xalq tabobatida:
Aloy bosh og'rig'ini davolashda, bexollikda, emizikli onalarda ko'krak uchining yorilishi, mastit, chaqaloqlarda kuzatiladigan stomatit, keksa bemorlarda kuzatiladigan yotoq yaralarga samarali ta'sir ko'rsatadi.
Aloy zararlari.
Xar qanday shifobaxsh o'simlikning o'ziga xos zararli jixatlari ham bor. Aloy xam bundan mustasno emas.
Aloy allergik kasalliklar, siydik pufagi, og'ir buyurak kasalliklarida xamda ichketardan aziyat chekuvchi va saratonga chalingan bemorlarga tavsiya etilmaydi.
Aloy bilan davolash:
๐ Burundan qon oqqanda.
2 xafta davomida ovqatdan oldin kattaligi 2 sm keladigan aloy bo'lakchasini iste'mol qilish buyuriladi. Bundan tashqari, quvvatli taomlar tanavul qilish, darmondorilar qabul qilish tavsiya etiladi.
๐ Tumovda.
Kuniga 3 - 4 maxal aloy sharbati 3 - 5 tomchidan burun teshiklariga tomiziladi. So'ng burun terisi asta sekin uqalanadi. Shunday qilsangiz, tumovdan tez xalos bo'lasiz.
๐ Gaymaritda.
2 osh qoshiqdan aloy, piyoz sharbati, asal, Vishnevskiy surtmasi aralashtiriladi. Malxam sovutgichda saqlanadi. Foydalanishdan oldin isitiladi. Paxta bo'lakchalarini malxamga botirib 30 minut ga burun teshiklariga qo'yiladi. 20 kundan keyin bemor bu yoqimsiz va og'riqli darddan forig' bo'ladi.
๐ Bosh og'rig'ida.
Boshning peshona va chakka soxasiga aloy bargining ichki (go'shtdor tomoni ) kesib bog'lanadi. Bemor shu xolatida 30 minut qorong'u xonada yotsa, bosh og'rig'i qoladi.
๐ Boronxitda.
300 gr asal, 1 dona mayda tog'ralgan aloy bargi 0.5 l qaynagan suv qo'yib, olovda 2 - 3 daqiqa qanatiladi. So'ng olovni pasaytirib, 2 soat damlanadi. Sovutib, aralashtiriladi. Malxam sovuq joyda saqlanadi.
Kuniga 3 maxal, bir osh qoshiqdan qabul qilinsa quruq yo'tal yo'qoladi.
๐ Gastritda.
Kuniga 2 - 3 maxal, ovqatdan 30 minut oldin, 2 choy qoshiq aloy sharbatini qabul qiling.
Davolash muddati - 1 oy
๐ Jig'ildon qaynashi, kekirishda.
Bir piyola qaynoq suv quyib 20 daqiqa dam yediriladi. Keyin 10 minut davomida suv bug'ida qaynatiladi.
Damlama dokadan o'tkazilib sovutiladi, bir osh qoshiq aloy sharbatidan qo'shib, kuniga 1 - 2 marta yarim piyoladan ovqatdan oldin iste'mol qilinadi.
๐ Soch to'kilishida.
Bir bosh piyozni qiymalagichdan o'tkazib, sharbati boshga suriladi. 10 munutdan keyin 1 osh qoshiq aloy sharbatini ustidan surutish lozim. Bu usul soch to'kilishini oldini oladi, qazg'oqlarni yo'qotadi.
๐Gerpes ( uchuq ) da
Kuniga 2- 3 maxal ovqatdan oldin, bir choy qoshiqdan aloy sharbatini qabul qiling. Gerpes toshgan joylarni xam aloy sharbatida artish tavsiya etiladi.
Davolash muddati- 2 hafta
