Allergiyadan halos bo'lish yo'llarini bilasizmi?

Allergiyadan halos bo'lish yo'llarini bilasizmi?

Kamol To'xtayev

ALLERGIYADAN XOLOS BO'LISH YO'LLARINI BILASIZMI?


1. Uyquga ketishdan avval dush qabul qiling. Terak pari, o'simliklar changi va shu kabilar 

sochlaringiz yoki teringizga «o'tirib qolishi» mumkin. Shu bois uyqu oldidan poklanishni 

unutmang.

2. O'zingizni qo'lga oling. Ehtimol, kimgadir bu usul g'alati tuyular, lekin N`yu-York tibbiyot 

markazida o'tkazilgan tadqiqotlardan biri stressga yo'liqqan yoki tushkunlikka tushgan 

kishilarning allergiyadan ko'proq aziyat chekishini ko'rsatgan. Zero stress immunitetni 

pasaytiradi. Shu bois ko'nglingizda birovlarga gina-alam saqlamay, bunday vaziyatlarga oqilona 

yondashing. Salbiy his-tuyg'ularni dilida saqlovchi kishilar, birinchi navbatda, o'zlariga ziyon 

yetishini yodda tutishsin!

3. Burningizni tozalang. Bir kecha-kunduzda burnimizdan 17 ming litr havo o'tar ekan! 

Tasavvur qilib ko'ring-a, qanchadan-qancha zararli cho'kmalarning mikrozarrachalari yuqori nafas 

olish yo'llarining shilliq pardalariga kelib tushadi! Shuning uchun hattoki burun bitishidan 

nolimasangiz-da, har kuni burunni yuvib turish juda foydali ekanini unutmang. Buni oddiy 

suvda yoki dengiz suvi va minerallari bo'lgan spreyda amalga oshirish mumkin.

4. Choyshablaringizni qaynating. Choyshab va yostiq jildlarini har ikki haftada qaynoq suvda 

yuvish kerak. 30-40 darajali haroratdagi suvda yuvish choyshabdagi zararkunandalarni o'ldira 

olmaydi, ular esa o'simliklar changi va mog'or zamburug'lar bilan bir qatorda eng keng 

tarqalgan allergenlar uchligiga kiradi.

5. Uyni to'g'ri tozalang. Uylarni namlantirib tozalash, shubhasiz foydali. Biroq uy 

yig'ishtirishda nafaqat chelak va latta, balki gilamlar hamda yumshoq mebellarni tozalash uchun 

chang yutgich bilan ham qurollanish lozim.

6. Akupunkturani (igna bilan davolash) sinab ko'ring. Michigan immunologiya markazining so'nggi 

tadqiqotlari mavsumiy bronxial astma xurujlarini davolashda sharq tabobati juda yaxshi natija 

berishini ko'rsatdi. Biroq bu borada haqiqiy bilimli va tajribali mutaxassisni topish muhim.

7. Xona haddan ziyod nam bo'lgan paytlarda havoni qurituvchi vositalardan foydalaning, buning 

aksi bo'lgan taqdirda esa (ya'ni havo haddan tashqari quruq bo'lsa) — havoni namlantiring. 

Ortiqcha namlik ham haddan ziyod quruqlik kabi allergiya xurujini qo'zg'atadi. Uy ichidagi havo 

namligini bilish uchun oddiy maishiy gigrometr (havodagi namlikni o'lchaydigan asbob) xarid 

qilish mumkin. Gigrometrdagi 40-65 foiz ko'rsatkich me'yoriy hisoblanadi.

8. Taomnomangizni tartibga keltiring. Allergiyadan qutulish uchun tarkibida sun'iy bo'yoqlar yoki 

konservantlar bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini taomnomangizdan olib tashlang. Zero ulardagi 

kimyoviy birikmalar allergiya qo'zg'atuvchilari hisoblanadi, shuningdek bunday mahsulotlar immun 

tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

9. Allergiyaga qarshi dorilarni faqatgina shifokor maslahati bilan iste'mol qilgan ma'qul. 

Bunday dori vositalari allergiyani vaqtinchalik yo'q qiladi, uning sababi esa qolaveradi. Shu 

bois allergiyaga qarshi tizimli kurashish lozim.

10. Kasalliklaringizni oxirgacha davolang. Yallig'lanish va infektsion kasalliklarga e'tiborli 

bo'ling. Surunkali infektsiya o'choqlariga diqqat qiling, zero karies yoki tonzillit kabi 

kasalliklarni davolamay turib, allergiyadan to'liq qutulishning iloji yo'q. Shuningdek 

oshqozon-ichak kasalliklari hamda gijjlarga o'z vaqtida e'tibor qaratilsa, allergiyani davolash 

sari katta qadam qo'ygan bo'lasiz.

11. Sog'lom turmush tarziga rioya qiling. Har kuni imkon qadar ochiq havoda me'yorida sport 

bilan shug'ullaning, sovuqroq suvda cho'miling (faqat shamollab qolmang), zero mutaxassis 

ma'lumotlariga ko'ra, sovuq suv bilan yuvinganda immunitet mustahkamlanadi, insonning 

ruhiy-hissiy holati yaxshilanadi — bu esa allergiyani davolashda juda muhim omil.

Report Page