Alisher Qodirov bilan suhbat

Alisher Qodirov bilan suhbat

TROLL.UZ

Bugun soat 16:00 larda Alisher Qodirov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Taxminan 1 soatcha suhbatlashdik. Video, audio yoki rasm yo'q. Chunki Oily Majlis binosiga telefon bilan kirish imkoni yo’q. Soatlarimgacha topshirdim. Xullas, Alisher Qodirov doimo muloqot uchun ochiq ekanliklari haqida fikr bildirib, bloggerlar va xususan TROLL.UZ ga hamkorlik taklif qildilar.


Jonli efirda savollarga javob berishni so'radim. Rozi bo'ldilar. Har qanday savolga javob berishga tayyor ekanlar. Bu efir “galstuklarsiz”, ya’ni norasmiy bo’lishiga kelishdik.

Kuni hali aniq emas, lekin oldindan e'lon qilaman. Yaqin orada bo'ladi deb umid qilaman. Barcha savollarni jonli efirda beramiz.

Bunday efirlarni boshqa partiya vakillari bilan ham o’tkazishga tayyorman.

Suhbatimiz uzoq bo'lmadi, lekin ba'zi savollarni berdim. Yonimda telefonim bo'lmaganligi boiz, xotiramda qolganicha yozyapman:

1.

- Mashinangiz qanaqa?

- Shaxsiy mashinam yo'q. Pulim yetmaydi mashina olishga. Xizmat mashinasi - Malibu 2

2.

- Oylik daromadingiz qancha?

- 5 mln so’mdan sal o’tadi. Barcha premiyalari bilan birga. Sof oylik 3,8 mln atrofida.


3.

- Nega UzAvtoMotorsni maqtadingiz?

- Men ularni maqtaganim yo'q. Shunchaki 34 trln so'mli YaIM dan voz kechish noto'g'riligini aytdim. Men asta-sekinlik bilan uni transformatsiyalash tarafdoriman. Zavod juda ko'p kamchiliklarga ega. Ularni bartaraf qilish zarur, ammo uni yopib, rasstamojkani ochish yo'li bilan emas. Mana transformatsiya qilish bo'yicha topshiriqlar berildi. Keyinchalik faqat elektromobil ishlab chiqarishga moslashtiriladi. Boshqa turdagi mashinalar rastamojkasi ochilishiga ishonaman.


4.

- Rasul Kusherbaevga munosabatingiz?

- U bizning partiyamizga a'zo bo'lishini istayman. Uni juda hurmat qilaman.

- Unda nega uning UzAvtoMotors fikriga qarshi chiqdingiz?

- Bu normal holat. Partiya ichida ham barcha fikrlar bir xil chiqmaydi. Qaysidir fikrlar to'qnashadi.


5.

- Ko'pchilik mendan yangi partiya tuzishni iltimos qilmoqda. Bunga qanday qaraysiz? Partiya ochish imkoni bormi o'zi?

- Albatta. Agar kirishilsa uddalasa bo'ladi. Faqat Yangi partiya tuzilgani bilan, odamlarimiz o'sha-o'sha. Ularni o'zgartirishimiz kerak. Shunday niyatinigiz bo'lsa bizni partiyaga a'zo bo'ling, deputat bo'ling. Biz xursand bo'lamiz. Bizni qo'llab quvvatlang. Xalq partiyani toshbo'ron qilgani bilan muammolar yechimini topmaydi. Birgalashib yechim topishimiz kerak.


6.

- Biror bir partiya bilan hamkorlik qilsam, odamlar meni tushunishmaydi. Ishonchlarini yo'qotaman.

- Nega shunday? Partiya - mening xususiy firmam emas. Men bu yerda vaqtincha ishlaydigan odam. Partiya xalqniki. Partiyani xalq boshqarishi kerak. Talab qilib bilishi kerak. Hamkorlikdan hech kim zarar ko'rmaydi. Hammamiz o'z imidjimizni o'ylab yashayversak kimga foyda? Ertaga siz meni o’rnimda partiya raisi bo’lishingiz mumkin. Partiya xalqning qo’llab-quvvatlashi bilan jamiyatni o’zgartirish uchun ishlaydi. Sizga o’hshagan odamlar dastak bermasa partiyalar hech narsaga erishmasdan yo’q bo’lib ketaveradi. Muammolar esa ulg’ayib boraveradi. Umumiy maqsadimiz O’zbekistonni o’zgartirish bo’lsa birlashishimiz, birga harakat qilishimiz juda muhim.


7.

- Hozirgi suhbatimiz davomida ancha muammolarni gapirdik. Nega shularni ochiqchasiga gapirmaysiz?

- Gapiramiz. Lekin bitta odam tushunsa o’nta odam tushunmaydi. Bugun juda ko’plar masalaga ob’yektiv qaray olmaydi. Ayniqsa rahbarlarning o’rta qatlamida masalani tushunib-tushunmasdan tortishishlar asabni temirdek bo’lishini talab qiladi. Shu sababli muammolarni faqat aytish emas, yechimlari bo’yicha taklifini ham tayyorlashga e’tibor qaratayapmiz. Lekin baribir, odamlar o’zgarishi, ayniqsa rahbarlardagi dunyoqarashni o’zgarishi hal qiluvchi ahamiyatga ega.


8.

- Tonirovka to'lovini bekor qilish masalasini olib chiqqan edingizlar. Oxirigacha borasizmi? Axir bu soyaga soliq to'lashku. Butun dunyoda tekin. Bizda pullik.

- Men ham xuddi shu gaplarni yozganman xatimda. Hozircha 3 dan 1 qism to'lov pasaytirildi. Bu masalani yana ko'taramiz. Inson sog'ligi uchun o'rnatiladi bu, pullik bo'lishi mumkin emas.


9.

- Nega deputatlar va partiyalar haliyam eskicha formatda ish yuritadi? Yangilik yo'q.

- Ko’p deputatlar o’zgargan. Lekin, bu yetarli emas. Partiyalar ham o’zgarayapdi. Qolganlarga to’liq javob bermayman, lekin MT da katta o’zgarishlar amalga oshirmoqchimiz. Shu bilan birga jamiyatda o’zgarish bo’lishi uchun hammamiz birga ishlashimiz kerak. Faqat parlament yoki partiyalar o’zgarsayu odamlar o’zgarmasa rivojlanish baribir bo’lmaydi.


10.

- Chekka tumanlarga qanday mashinada boramiz?

- Bizga maxsus xizmat mashinasi ajratiladi. Xususiy mashinada borolmayman. Piyoda yurishimiz mumkin tumanlarda. Tumanlardagi xonadonlarga boramiz.


Report Page