Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag`ishlab “Navoiy vorislari” shiori ostida “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi g‘azalxon talaba”, “Navoiyga armug‘on” (A.Navoiyga atab yozilgan she’r) nominatsiyalari bo`yicha tanlovlar NIZOMI
1.Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbus doirasida universitet talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Navoiy vorislari” shiori ostida tanlovlar o‘tkazish .
2. “Navoiy vorislari” shiori ostida “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi g‘azalxon talaba”, “Navoiyga armug‘on” (A.Navoiyga atab yozilgan she’r) nominatsiyalari bo`yicha tanlovlarda universitetda tahsil olayotgan talabalar g‘azal mulki sultoni, davlat arbobi Alisher Navoiyga bag‘ishlab yozilgan o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etadi.
3. Tanlovning universitet bosqichini tashkil etish va o‘tkazish jarayoni universitetning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, Yoshlarni ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish departamenti va Klub va to‘garaklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi sektor tomonidan amalga oshiriladi.
II. Tanlovning maqsadi va vazifalari
4. - Tanlovning asosiy maqsadi- yoshlar o‘rtasida buyuk ajdodlarimiz madaniy merosiga muhabbat va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, yoshlarimizning har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart –sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
- milliy qadriyatlarimizni asrash, yosh avlodni vatanparvarlik hamda oʻzbek xalqining merosiga hurmat ruhida tarbiyalash “inson – aziz, xotira – muqaddas” gʻoyasi asosida fidoyi ajdodlarimizning xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatish ruhida tarbiyalash
III. Tanlovni o‘tkazish bosqichi va muddatlari
5. Tanlovlar ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich -Fakultet bosqichi - (akademik guruhlar o‘rtasida) Joriy yilning 3-5 fevral kunlari
Ikkinchi bosqich -Universitet bosqichi – birinchi bosqichda 1-,2-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar o‘rtasida joriy yilning 7-fevral kuni o‘tkaziladi
IV. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish.
6. Tanlovning universitet bosqichini o‘tkazish bo‘yicha universitet rektori buyrug‘i bilan Tashkiliy qo‘mita va soha professor-o‘qituvchilari, olimlari, mutaxassislari, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda Hakamlar hay’ati tuziladi.
7. Universitet Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori boshchiligida ishchi gurux tashkil etiladi.
8. Tanlovda universitet talabalari o‘zlari tayyorlagan ijod namunalari bilan ishtirok etish mumkin.
V. Tanlov shartlari va baholash mezonlari
9. Tanlovga quyidagi mezonlarda baholanadi:
Tanlovga taqdim etiladigan insholar quyidagi mezonlarda baholanadi(insholar qo‘lyozma yoziladi), Insholar o‘zbek, rus, ingliz tillarida bo‘lishi mumkin:
- Mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;
- Ijodiy ishlarning uslub va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;
- Mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvi;
- Mustaqil fikrlashning aniq bildirilganligi;
- Mavzuni yoritishga o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi.
- 10. Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi-jami 50 ball, ijodiy ishlar yozma tarzda topshiriladi.
- 11. “Eng yaxshi g‘azalxon talaba ” quyidagi mezonlarda baholanadi:
- -“Navoiy g‘azallarining eng yaxshi ijrochisi ” nominatsiyasi bo‘yicha aruz vazni va deklamatsiya qoidalariga rioya qilinishi talab etiladi.
- - “Navoiy g‘azallarining eng yaxshi ijrochisi ” nominatsiyasi bo‘yicha ijro etish uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi.
- Nominatsiya 50 ballik tizim asosida baholanadi.
12. “Navoiyga armug‘on” (A.Navoiyga atab yozilgan she’r) nominatsiyasi quyidagi mezonlarda baholanadi:
- - nominatsiyasi bo‘yicha yozilgan she’rlar oldiga qo‘yilgan talablar (o‘ziga xos ifoda uslubi, original fikr, bazn, qofiya, badiiy tasvir vositalarini qo‘llash mahorati kabi)ga javob berishi kerak.
- -Mualliflik huquqi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Plagiat holati aniqlanganda ish tanlovdan chetlashtiriladi.
- - Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar kompyuter Word dasturida Time New Roman 14 shriftda yozilgan bo‘lishi kerak.
VII. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash
13. Tanlovning universtet bosqichida yuqori (1, 2, 3) o‘rinlarni egallagan talabalar universitet rektori tomonidan maxsus diplom va quyidagi tartibda pul mablag‘lari bilan rag‘batlantiriladi:
- 1-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida
- 2-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari miqdorida
- 3-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida
- 14. Universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalarni rag‘batlantirish “Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
- VII.Yakuniy qoidalar.
- 15. Tanlov ishtirokchisi (boshqa shaxs) tomonidan tanlovning yakuniy bosqichini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, uning natijasi bilan bog‘liq murojaat (e’tiroz)lar qabul qilinmaydi.