Алиментни ундириб бера оладиган аниқ йўл

Алиментни ундириб бера оладиган аниқ йўл

@Yurist_Xizmati

@Yurist_Xizmati 22-савол:

Мени бир нафар фарзандим бор. Собиқ турмуш ўртоғим хеч қандай алимент тўламайди. Мен ва у бошқа бошқа вилоятда яшаймиз. У яшайдиган ижро қўмитасига борсам. Таниш билиш қилишиб ундириб беришмаяпти. Хозир ота онам укам унинг оиласи ва 2 нафар фарзанди билан бир уйда яшаймиз. Собиқ эримдан алиментни ундириб бера оладиган аниқ йўлини тушунтириб беришингизни сўрайман

Yurist javobi:

O'zbekiston Respublikasi oila Kodeksiga muvofiq Alimentni undirish quyidagicha: Mazkur shaxs, nizo bo‘lmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.


Sudga murojaat qilish tartibi quyidagicha:


Eng avvalo, undiruvchi, sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi arizani yozishi kerak. Unda quyidagi ma'lumotlar ko‘rsatilishi shart:


1) ariza berilayotgan sud nomi;

2) undiruvchining nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi;

3) qarzdorning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi;

4) undiruvchining talabi va talabga asos bo‘lgan holatlar;

5) arz qilingan talabni tasdiqlovchi, ilova etilayotgan hujjatlar ro‘yxati.


Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi.


Aliment qarzini undirish

Aliment qarzi aliment to’lashi shart bo’lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadidan undiriladi. Ish haqi va (yoki) boshqa daromad etarli bo’lmaganda, aliment to’lashi shart bo’lgan shaxsning banklar va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag’idan, tijorat va tijoratchi bo’lmagan tashkilotlarga shartnoma asosida o’tkazilgan pul mablag’idan undiriladi, mulk huquqining o’tishiga olib keluvchi shartnomalar bundan mustasno. Bu mablag’ etarli bo’lmaganda undirish aliment to’lashi shart bo’lgan shaxsning qonun bo’yicha undirish qaratilishi mumkin bo’lgan har qanday mol-mulkiga qaratiladi.


Undirish aliment to’lashi shart bo’lgan shaxsning hisobvaraqlaridagi pul mablag’iga va uning boshqa mol-mulkiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaratiladi.


Aliment to’lash to’g’risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv yoki ijro varaqasi asosida o’tgan davrdagi aliment qarzi ijro varaqasi yoki aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv aliment undirish uchun taqdim qilingunga qadar o’tgan uch yildan ortiq bo’lmagan muddat uchun undiriladi.


Alimentlar ijro varaqasi yoki aliment to’lash to’g’risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv bo’yicha aliment to’lashi shart bo’lgan shaxsning aybi bilan undirilmagan bo’lsa, alimentlar ushbu moddaning uchinchi qismida ko’rsatilgan uch yillik muddatdan qat’i nazar, o’tgan barcha vaqt uchun undiriladi. 


Aliment qarzining miqdorini belgilash


Aliment qarzining miqdori sud ijrochisi tomonidan sudning hal qiluv qarori yoki aliment to’lash to’g’risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvda belgilangan aliment miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.


Ushbu Kodeksning 99-moddasiga asosan voyaga etmagan bolalarga to’lanadigan aliment qarzining miqdori aliment to’lashi shart bo’lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadi miqdoridan kelib chiqqan holda aliment undirilmagan vaqt uchun hisoblab chiqiladi. Agar aliment to’lashi shart bo’lgan shaxs shu davrda ishlamagan bo’lsa yoki uning ish haqi va (yoki) daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo’lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda aliment O’zbekiston Respublikasidagi o’rtacha oylik ish haqi miqdori bo’yicha hisoblab chiqiladi. Agar qarzni bunday belgilash taraflardan birining manfaatlariga jiddiy putur etkazsa, manfaatlariga putur etkazilgan taraf sudga murojaat qilishga haqlidir. Sud taraflarning moddiy va oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni inobatga olib, qarzning pul bilan to’lanadigan qat’iy summasini belgilashi mumkin. 


Alimentni o’z vaqtida to’lamaganlik uchun javobgarlik


Aliment to’lash to’g’risidagi kelishuvga muvofiq aliment to’lashi shart bo’lgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan bo’lsa, aybdor shaxs ushbu kelishuvda belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.


Sudning hal qiluv qaroriga ko’ra aliment to’lashi shart bo’lgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan bo’lsa, aybdor shaxs kechiktirilgan har bir kun uchun to’lanmay qolgan aliment summasining o’ndan bir foizi miqdorida aliment oluvchiga neustoyka to’laydi.

Aliment oluvchi aliment o’z vaqtida to’lanmaganligida aybdor aliment to’lashi shart bo’lgan shaxsdan aliment to’lash majburiyatlarini o’z vaqtida bajarmaganlik oqibatida etkazilgan barcha zararlarning neustoyka bilan qoplanmagan qismini undirishga ham haqlidir.

Kanalga a'zo bo'ling👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFlmhhDVC-IlsqPSuw

Report Page