Aliexpress dan 11.11 aksiyasiga oz qoldi!

Aliexpress dan 11.11 aksiyasiga oz qoldi!

Qobiljon

Hammamiz aliexpress.com degan saytni bilamiz. Bu sayt juda ko'p kerakli ba'zida esa keraksiz ammo juda qiziqarli narsalarni sotib olishga imkon beradi. Aslida sayt va uning yaratuvchilari hech qanday mahsulot yoki tovar ishlab chiqarmaydi, shunchaki, vositachilikni amalga oshiradi, xolos. Ya'ni, biror bir ishlab chiqaruvchi o'z mahsulotini reklama uchun aliexpress ga qo'yishi mumkin, aliexpress esa har sotuvdan ma'lum bir foizni o'ziga oladi, bundan, tashqari, yetkazuv xizmati va qo'shimcha funksiyalar hisobiga ham ma'lum bir foyda ko'radi.

Bu sayt har yili turli bayramlarda turli aksiyalar o'tkazadi, lekin, ular orasida eng mashhurlaridan biri bu - 11.11 boshqacha aytganda 11-noyabrda xitoyda keng nishonlanuvchi "Bo'ydoqlar kuni" bayramidir. Bu kun sayt barchaga turli tuman mahsulotlar uchun katta chegirmalarni taklif etadi. (Aslida esa, chegirma bo'lishidan olding mahsulotlar narxi sezilarni oshadi, shuni hisobiga sotuvchilar hech nima yo'qotmaydi😜).

Shunga qaramay, ayrim mahsulotlarni haqiqattan ham ancha arzonga olish mumkin. Bundan tashqari, turli kuponlar, chegirmalar va bonuslar taqdim etiladi.

Bu onlayn do'kondan butun dunyo fuqarolari xarid qilish mumkin, buning uchun esa faqat Visa kartangiz bo'lsa bas! Shunday ekan, hoziroq o'zingizga o'zingiz sovg'alar tanlang, hurmatli bo'ydoqlar 😁!

Report Page