Alibaba

Alibaba

velosiped_admin

 


Hammamizga ma'lumki internetdan bemalol narsalar xarid qilish mumkin. Ammo biz haqiqiy yirik biznes bilan shug'ullanib, juda ko'plab miqdorda tovar va mahsulotlar keltirmoqchi bo'lsakchi. Bugungi kunda bemalol internet orqali boshqa davlat sotuvchilari va ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar bilan gaplashib, tovarlarga buyurtma berishingiz mumkin. Aynan shunaqa o'ziga biznes sheriklar qidirayotgan tadbirkorlar uchun, juda ko'plab internet saytlari xizmat qiladi. Ularga ishlab chiqaruvchilar o'z mahsulotlarini kiritadi, xaridorlar esa ularni tanlab, gaplashib olishadi va buyurtmalar berishadi. O'rtada aldov bo'lmasligi uchun arzimagan foiz evaziga sayt foydalanuvchilar xafsiz xarid qilishni taminlaydi. Shunday saytlardan eng yirigi xitoy va butun dunyoda dong'i ketgan, Alibaba.com sayti bo'lib, shu sayt misolida sizlarga internetdan qanday qilib ulgurji, yani optom savdo qilishni tushuntirishga xarakat qilamiz.


 


Bu maqolada biz to'liqroq tarzda alibaba.com saytidan narsalar xarid qilishni tushuntirib beramiz. Keyingi maqolamizda esa ayrim qismlarni yanada to'liqroq ochib berib, realni o'zimiz xaridni qanday amalga oshirganimizni ko'rsatib, to'liq tushuntirishga harakat qilamiz.


 


Alibaba.com haqida


 


Alibaba - bu juda yirik xalqaro sayt, va tashkilot bo'lib, kuniga millionlab sotuvchi va xaridorlarga xizmat ko'rsatadi. Alibaba yordamida yetkazib beruvchilar o'z mahsulotlarini boshqa davlatlarga sotishlari mumkin. Bu saytda asosan ulgurchi yani optom savdo bo'ladi, chakana savdo juda kam xollarda uchratish mumkin.


 


Ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar ( eksport qiluvchilar ) - O'zlari va sotayotgan narsalar haqida ma'lumotni ( mahsulotning rasmlari, to'liq tasnifi, qo'shimcha malumotlar, qanday foydalanish, yetkazib berish, sifati) Alibaba.com saytiga kiritishadi.


 


Xaridorlar ( import qiluvchilar ) - Sayt orqali o'zlarini qiziqtirgan mahsulotlarni qidirib topishadi, yetkazib beruvchidan qo'shimcha savollariga javob olishadi, narxlar taklif qilishadi, va qanday yetkazib berish va boshqa shartlarni gaplashib olishadi.


 


Alibaba - shunday joyki bu internet do'koni emas, o'zi hech nima sotmaydi, shunchaki xaridorlar va sotuvchilar o'rtasida savdoni va aldov bo'lmasligini taminlaydi. Bu shunchaki yirik bozor bo'lib, sotuvchilar o'zlarini mahsulotlarini kiritishadi.


 


Alibabadan buyurtma qilish haqida qisqacha


 


Demak alibabadan narsalar xarid qilish 4 bosqichda bo'ladi:


1. Saytdan ro'yhatdan o'tasiz


2. O'zingizga kerakli mahsulotni topasiz


3. Sotuvchiga narxlar va o'zingizni qiziqtirgan boshqa savollar bilan so'rov yuborasiz


4. Hammasi sizni qoniqtirsa shartnoma tuzasiz, va xarid qilasiz


E'tibor bering bu yerda, oddiy internet do'konidek mahsulotlarni savatchaga tashlab qo'ymaysiz, sotuvchiga so'rov yuborasiz


 


Yana bir usul mavjud bo'lib, bunda siz o'zingizga kerakli mahsulotni tasnifini keltirib e'lon berasiz. Bunday xolatda sotuvchilar siz bilan bog'lanib o'zlarini mahsulotlarini taklif qilishadi. Albatta siz so'ragan tovar ularga bor bo'lsa. Xuddi bozorga borib men shu narsadan sotib olaman, kim sotyapti qani kelinglar deb e'lon bergandik. Albatta bu sayt ko'rinishda ancha ommabop va qulay usuldir.


 


Mahsulotlarni qidirish


 


Mahsulotlarni izlab topishni ikki usuli bor, aytganimdek o'zingiz sizga kerakli mahsulotni sotib olaman deb e'lon berasiz, yoki o'sha mahsulotni saytdan izlab topip, sotib olish haqida sotuvchiga so'rob yuborasiz.


 


Qidirib topish juda oson


 


1. Alibaba.com bosh saxifasini ochasiz


2. Qidiruv joyiga, o'zingizga kerakli mahsulot nomini yozasiz, ingliz tilida !


3. Qidirish tugmasini bosasiz, "Найти"


 


Mahsulotlarni qidirib topish bo'yicha maslahatlar


* Agar natijalar sizni qoniqtirmasa, qidiruvdagi so'zlar miqdorini kamaytirishga harakat qiling, masalan "telvizor uchun sputnik antenasi" ni o'rniga, "sputnik antena"


* O'ta aniq bo'lgan so'zlardan foydalanib ham bo'lmaydi, masalan "atv168 lcd tv" ni o'rniga "atv lcd tv" deb qidirib, keyin kerakli yoki shunga o'xshash modellarni topish mumkin


* Bir marta urinishda faqat bir xil mahsulotni izlang, yani bi


rdaga usb flesh va unga qo'shib telfonni markasini yozmang


* Qiriduvda ishlab chiqaruvchi mamlakat yoki juda ko'p narsani anglatuvchi so'zlarni qo'shmang, masalan "kitayski elektronika" buning uchun maxsus qidiruv sozlanmalari borki, sizga faqat xitoylik ishlab chiqaruvchilarni mahsulotlarini topip beradi


* Agar qidirayotgan narsangiz nomma nom aniq bo'lsa qo'shtirnoq belgisini ishlating, ya'ni "Samsung Galaxy S5"


* Topolmasangiz qo'shtirnoq belgisini olib tashlang


* Qidirayotgan so'zingiz faqat xarflardan iborat bo'sin, masalan usb-fleshkani o'rniga, usb flash deb yozsangiz bo'ladi


Agar ikkinchi usuldan foydalanmoqchi bo'lsangiz bu ancha qulaydir. Va sizning aynan izlagan mahsulotingizni topishga yordam beradi. Yani siz bepul narsa sotib olish haqida e'lon berishingiz mumkin. Bunda siz nimani qancha miqdorda olishingiz kerakligi, sizning shartlaringiz to'liq yozib e'lob berasiz va sotuvchilar sizning eloningizni o'qib o'z mahsulotlarini taklif qilishni boshlashadi. 


 


Yana bosh saxifada 12 xil bo'limlar mavjud bo'lib siz ular orqali ko'plar narsalarni topip, ko'rib chiqishingiz mumkin. Saytlar eng ommabop, yangi texnologiyalar, ommabop tovarni reklama qilish yaxshi ko'radi. 


 


Mahsulotlarni tanlash


 


Barcha qidiruv natijlari va barcha mahsulotlar Alibaba.com saytidan ro'yhatdan o'tgan sotuvchilarni mahsulotlarini chiqarib beradi. Iltimos eslab qoling Alibaba hech qachon o'zi mahsulot sotmaydi.



Qidiruvdan so'ng, ekranning chap tarafida, filtr sozlanmalari chiqadi, siz bu yerdan o'zingizni talabingizga qarab kerakli turdagi maxsulotlarni tanlaysiz. Masalan, ishlab chiqaruvchi mamlakat, mahsulotning rangi, razmeri, umuman mahsulotni turiga qarab xar xil bo'ladi, va bu narsalar qidiruvni ancha osonlashtiradi.


 


Shunday filtrlarni ichida albatta sotuvchilarni saralash bo'limi ham mavjudki, unda quyidagi tipdagi sotuvchilarni qaysilarini ko'rsatishni belgilash mumkin:


* Free Member - bepul ochiladigan, va xali tekshirilmagan sotuvchilar, bunday turdagi kompaniyalar umuman xarid qilish kerak emas, bularga umuman saytda ko'rsatilgan mahsulot bo'lmasligi va shunchaki odamlarni aldash uchun firibgarlik bo'lishi ham mumkin. Ayana shular fantastik narxlar taklif qilib, xaridorlarni jalb qilishga urinadi. Nomida aytilganidek shunchaki bepul tarzda ochilgan oddiy sotuvchi.


* Gold supplier - onlaynda tarzda tekshirilgan va mahsulotlari bor sotuvchi. Bu ham 100 % ishonchli emas, bundaylardan xarid qilish mumkin, ammo ishonchligini tekshirishga to'g'ri keladi


* Assessed supplier - tekshirilgan sotuvchi, yani haqiqiy mavjud kompaniya va o'z mahsulotlari va xizmatlariga javob beradi, haqiqiy shartnoma va hujjatlarga ega kompaniyalardir. Bunday turdagi tashkilotlardan bemalol qo'rqmasdan xarid qilish mumkin, kompaniya obro'si uchun kurashadi va har bir mijozga to'liq xizmat ko'rsatadi.


Yana shuni aytib o'tish kerakki, saytning o'ng tarafidan siz sotuvchi mahsulot haqida qo'shimcha ma'lumotlarni bilib olishingiz mumkin. Yani sotuvchining yuridik maqomi, kompaniya nomi, xozirgi axvoli, oxirgi vaqtda nechi marta shu mahsulotni sotish erishgani va nechi foiz so'rovlarga javob bergani.


 


Masalan misol tariqasida tepadagi rasmdan ko'rishimiz mumkinki, sotuvchining nomi "Shenzhen Kingkong Electronics Co. Ltd" u 7 yildan buyon Gold supplier maqomida, oxirig oyda u 2 marta o'z mahsulotini sotishga shartnoma tuzishga erishgan, va u 71.9 % so'rovlarga e'tibor qaratib javob bergan. Bunday sotuvchiga ishonsa bo'ladi, bu sotuvchiga so'rob yuborish uchun biz "Отправить сообщение" tugmasini bosamiz.


 


O'rtada mahsulotning rasmi va boshqa qo'shimcha ma'lumotlar turadi. Eslab qoling mahsulot narxini bilish uchun, sotuvchiga so'rov yuborish kerak, va u sizga to'liq ma'lumot taqdim etadi.


 


Mahsulot haqida to'liq ma'lumot olish


 


Mahsulot haqida to'liqroq ma'lumot olishni istaysizmi ? Mahsulotni nomi yoki rasmini ustiga bosing shunda, uning to'liq tasnifi va xarakteristikasi, sifati yozilgan saxifa ochiladi.


 


O'rtaroqda mahsulotning tasnifi, o'ng tarafda esa sotuvchining ma'lumotlari kiritilgan bo'ladi. Sizga qat'iyan aytamiz


ki Sotuv kafolatini qo'llaydigan sotuvchilardan narsalar olish kerak, ("Торговой Гарантии", chetda sariq toj ko'rinishida, ichida $ belgisi turgan znak bor mahsulotlar). Shunda siz to'liq xaridor huquqlarini himoyaga olasiz va har qanday faziyatda aldanish extimoli kamayadi. Shuning uchun sotuvchidan narxini so'raganingizda ayrim sotuvchilar sizga darxol narxlar ko'rsatilgan ro'yhatni taklif etishadi, ayrimlari esa qancha olishingiz va yetkazib berish usuli haqida, va boshqalarni sizdan aniq qilganidan so'ngina narxni aytishi mumkin, va yana ayrimlari sizning profilingizni maqomiga qarab ( masalan siz endi ro'yhatdan o'tgan, oddiy foydalanuvchi, yuridik maqomga ega emas odamsiz) umuman so'rovingizga e'tibor qaratmasligi mumkin.


 


 


Narxlarni bilish


 


Mahsulotni narxini bilish uchun, sotuvchilarga so'rov yuborish va ular bilan gaplashish kerak. Alibaba - shunday bozorki sotuvchilarni taklif narxlari turli mamlakat xaridorlari uchun xar xil bo'lishi, ulgurchi bo'lganidan keyin sotib olinadigan tovar miqdori, va boshqa shartlarga mos ravishda narx doim o'zgaradi.


 


Sotuvchilar bilan bog'lanishinning uch xil usuli bor


 


1. So'rov yuborish - agar sizga avaliga sotuvchi bilan gaplashib olish kerak bo'lsa, narxini bilish va boshqalarni ko'rsatib unga so'rov yuborasiz, qanday yuborish haqida kengroq to'liq ma'lumot beramiz. Shunda sotuvchi sizga shartlari, transport xarajatlari, va tovarini ro'yhati va narxlarini javob tariqasida yuboradi.


2. Buyurtmani boshlash - agarda xuddi shu maxsulot sizga kerak bo'lsa va xarid qilmoqchi bo'lsangiz darxol sotuvni boshlashingiz mumkin.


3. Trade manager - bu uchinchi variant alibaba ishlab chiqqan trade manager pragrammasi bo'lib, dasturi bo'lib, xaridorlar va sotuvchilar o'rtasida gaplashishni qulaylashtirish uchun ishlab chiqarilgan. Yozishda e'tibor berish kerakki sotuvchi va sizning mamlakatingizdagi vaqt tafovutini.


 


Sotuvchi sizning so'rovingizni jiddiy qabul qilishi va sizga o'ta tez sifatli javob berishi uchun, siz ham unga sifatli va to'g'ri tarzda so'rov yuborishingiz kerak bo'ladi. Masalan juda ko'pchilik ingliz tilida 2-3 so'zdan foydalanib so'rov yuboradi, va bu no'to'g'ridir, (masalan "price list please") va shunga o'xshagan so'rovlardan sotuvchilar bezor bo'lgan va ayrim xolarda sizga javob bermasligi mumkin. Shuning uchun o'zngiz va talablaringiz haqida to'liqroq ma'lumot berishga harakat qiling, masalan:


 


1. O'zingiz haqingizda (ism sharifingiz, nima ish qilasiz), o'zingizni firmangiz yoki kompanyangiz haqida ma'lumot (nomi, qayerda faoliyat yuritadi, mamlakat va shaxar, nimalarni sotadi).


2. Sizga kerak bo'lgan mahsulot haqida to'liq ma'lumot, (uning turi, sifati, rangi, o'lchamlari, sizning talablaringiz va hokazo)


3. Va oxirida narxni so'rashingiz, yoki o'zingiz narx taklif qilishingiz va minimal ya'ni eng kamida (MOQ) qancha miqdorda tovar olishingiz yozsangiz bo'ladi.


 


So'rov yuborganingizdan so'ng sotuvchi sizga qisqa vaqt ichida javob yozadi, sizga javob kelishi bilan alibaba sayti siznig pochtangizni ilova qilib yuboradi.


 


Buyurtmani davom ettirish


 


Xabarlar markazi yoki "Центр сообщений"


 


 


 Sotuvchi sizga javob yoganidan so'ng, javob xati xabarlar markaziga kelib tushadi, siz u yerga o'tish uchun bosh saxifadagi "Мой профиль" ni bosasiz va "Центр сообщений" kirasiz.


 


"Центр сообщений" bu xuddi elektron pochta ko'rinishida ishlaydi, ammo bu yerdan buyurtmani amalga oshirish ham mumkin va bevosida sotuvchi bilan chat orqali gaplashish ham, umuman sotuvga moshlashtirilgan ajoyib platformadir. Keling yaxshisi qadama qadam bu platformani tushuntirib o'tamiz.


 


Xabarlar markazi (Центр сообщений) da siz sotuvchi bilan gaplashib, kelishib olib shartnoma tuzishingiz mumkin. Masalan siz tayyor shartnomani yuklashingiz mumkin yoki bo'lmasa onlaynda tarzda tuzishingiz mumkin.


 


Buyutrma berish


 


 


 


Siz shunchaki tovarni xarid qilmoqchi bo'lsangiz uning nechta kerakligini va sizga maqul bo'lgan narxni yozingda "Подтвердить заказ" ni bosing. Agar sizning taklif qilgan narxingiz sotuvchiga maqul kelsa u ham bu narxni qabul qiladi va


siz to'lov qilishga o'tishingiz mumkin. Aks xolda sotuvchi o'zining narxini kiritadi va sizga ma'qul kelsa to'lov qilishga o'tishingiz mumkin. (albata narxiga kelisholmasalariz savdo amalga oshmaydi).


 


Oxirida savdo amalga oshsa, ikala tamon ham buni tasdiqlashi shart. Bir vaqtning o'zida xuddi shu sotuvchidan boshqa mahsulotlarida ham shartnomalar tuzib sotib olishingiz mumkin.


 


Yetkazib berish


 



Yetkazib berishni bir nechta usullari bor, bular, yerdan, suvdan va havo transporti, shuningdek mayda yuklar uchun expresslarni ham tanlash mumkin. Yerdan bu yuk mashinalari va poyezdlardir. Havo albatta samalyotlar, suv transporti esa kemalar bo'ladi. Expresslar bu tezkor yetkazib beruvchi kompaniyalar, dhl, upslar, bular asosan mayda og'irlikdagi ixcham yuklarni yetkazib berishga mo'ljallangan. Shartlariga esa siz masalan, yukni o'zingizning mamlakatingizgacha, yoki biron yetkazib beradigan kompaniya bilan gaplashib qo'ygan bo'lsangiz o'shani ofisigacha qilib belgilashingiz mumkin. Va yetkazib berish muddatini belgilaysiz. Masalan sotuvchi siz aytgan usulda, xohlasangiz mamlakatingizgacha, xohlasangiz pochtagacha eltib beradi. Va albatta siz ko'rsatgan muddatgacah tovarni tayyorlashga majbur. Agar yetkazib berish usuli va narxini kelisha olsangiz, va bu ikki tomonni ham qoniqtirsa, shartnoma tuzasiz va hammasi shu yerda ko'rsatilgandek bo'ladi.


 


 


To'lov qilish



Sotuvchi siz ko'rsatgan narxga va barcha shartlaringizga rozilik bildirsa, shartnoma keyingi bosqichga o'tadi va siz to'lov qilishingiz mumkin bo'ladi. Hech qachon sotuvchi bilan gaplashib, sayt yordamisiz o'zingiz boshqa usullar bilan to'lov qilishga uringman. Hammasini sayt orqali bajaring. To'lov o'zingizni plastik kartangizdan tortib boshqa usullarda paypal va boshqalardan ham to'lashingiz mumkin. Unutmang sotuvchini ishonchli tanlash va to'lov ni sayt orqali bajarib aldanib qolishdan himoyalanasiz.


Qo'shimcha qism


Bu yerda barcha qo'shimcha shartlaringizni aniq va to'liq yozing, masalan buyurtma qilgan mahsulotingizni rangi, o'rami qanday bo'lishi kerak, yetkazib berish shartlariga qo'shimchalar. Bu shartnomani qo'shimcha qismi bo'lib xizmat qiladi.


Barcha bosqichlarni to'ldirib, savdoni amalga oshirganingizdan so'ng, mahsulotni belgilangan joydan olishingiz mumkin. Omadli va barakali savdolar va shartnomalar tilaymiz. Keyingi alibaba.com haqida maqolalarimizda, sizlarga yanada aniqroq va tushunarliroq da tarzda misolllar yordamida maqola tayyorlaymiz. Saytimizni kuzatib boring !!!


Webmoney to'lov tizimi haqida. Webmoney to'lov tizimi eng birnchilardan bo'lib Rossiyada tashkil etilgan, internet orqali to'lovlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan saytdir. Mana xozirda juda ko'plab raqobatchilar chiqqan bo'lsa ham webmoney to'lov tizimi o'zining ommabopligi bo'yicha ularni ortda qoldirib kelmoqda. Bu maqolamiz orqali webmoney sayt haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.


Webmoney internet orqali pullarni yo'naltirishga mo'ljallangan to'lov tizimidir, istalgan odam bu saytdan ro'yhatdan o'tib o'ziga qulay valyutadagi hisob ochishi va unga pul tashlab istalgan vaqtda qulay tarzda to'lovni amalga oshirishi mumkin. Saytning ishlashini Rossiya federatsiyaning qonunlari va bir qator banklar kafolatlaydi, to'liq sertikifat va xizmatlar bo'yicha litsenziyaga ega, demak unga pul tashlasangiz hech qachon ololmay qolishdan yoki boshqa narsalardan qo'rmasangiz bo'ladi.


 


Webmoney orqali juda ko'plab saytlar yoki xizmatlarga to'lov qilish mumkin, internet do'konlari bajonidil webmoney tizimi orqali pullarni qabul qilib qilib olishadi. Rossiyada deyarli barcha narsada to'lovni webmoney orqali amalga oshirishingiz mumkin, ofislaridan pulni naqdga almashtirish ham shu jumladandir.


 


Saytdan ro'yhatdan o'tish oddiy. Ammo telfon nomer va email albatta talab etiladi, ro'yhatdan o'tganingizdan so'ng sizga wmid (foydalanuvchining raqami) va wmz hisobi (aqsh dollirada amalga oshiriladigan hisob raqami) beriladi. wmr yani rublda ishlash uchun shaxsni tasdiqlovchi atstat olishingiz kerak buning uchun pasportingiz nusxasini saytga yuklash talab etiladi. wmz va wmr orqali hisob raqamlar orqali pullar olish va boshqarish mumkin.

Report Page