Algoritm o'zi nima?

Algoritm o'zi nima?

GITA - Dasturchilar Akademiyasi

Biror vazifani hal qilish uchun bajariladigan amallar ketma ketligi algoritm deyiladi.

"Algoritmga kirish" kursida dasturlashning mohiyati o‘rgatiladi. Algoritm o‘rgatiladi. Bu kursda o‘rgatiladigan bilimlar umringizning oxirigacha eskirmaydi. Baʼzi framevorklarning yangi versiyalari chiqishi mumkin. Baʼzi texnologiyalar eskirib, o‘rniga yangisi paydo bo‘lishi mumkin, lekin algoritm o‘zgarmaydi.

Eng qadimgi algoritmlarga misol qilib, sonlarning EKUB ni topuvchi Evklid algoritmini keltirish mumkin.

Algoritmning qanchalik muhim ekanini quyidagi misol bilan tushuntirishga harakat qilaman.

"Self-driving sar" - o‘zi yurarmashinalar. Bunday mashinalarni ishlab chiqish uchun juda ko‘p komponiyalar harakat qilishyapti. Mening ikkita shogirdim ham Koreyada aynan shu soha mutaxassisi. Ixriyor Majidov (Qashqadaryo viloyatidan) va Sherzod Salohiddinov (Toshkent shahri). Ixriyor Majidov o‘zi ishlab turgan korxonaning bosh mutaxassisi hisoblanadi.

Endi asosiy masalaga o‘tsak. Ikkita o‘zi yurar mashina bor.

Birinchisi juda chiroyli, dizayn shunchaki super. Lekin yurmaydi. Uning oldida turib rasmga tushishingiz mumkin xolos.

Ikkinchisida esa, dizayn yaxshi emas. Aytaylik siz tasavvur qilishingiz mumkin bo‘lgan eng yomon dizaynda. Lekin zo‘r yuradi. Yaʼni, o‘z vazifasini yaxshi bajaradi.

Bu yerda ikkichi mashinaga joziba bergan narsa “Algoritm” hisoblanadi. Algoritmsiz birinchi mashina hatto o‘rnidan siljimaydi ham. Algoritm nima uchun kerak ekanini qisman bo‘lsa ham tushundingizmi?

Keling algoritmning muhimligini tushunish uchun yana bir misol keltiraylik.

Yaqinda, bir yangilikka ko'zib tushib qoldi. Ushbu xabarni o'qisangiz keyin keltirmoqchi bo'lgan misolimni yaxshiroq tushunasiz!
👉 Farg‘onada bankning mobil ilovasidagi texnik xatolikdan foydalanib, qariyb 700 mln so‘m pulni o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Hozirgi kunda plastik kartadan - plastik kartaga pul o‘tkazish oddiy ish bo‘lib qoldi. Siz do‘stingizning plastik kartasiga pul ko‘chirmoqchi bo‘lsangiz, nima jarayonlar bo‘ladi?

Holat: Sizning plastikda 100 mln so‘m pul bor. Do‘stingizga 50 mln so‘m o‘tkazmoqchisiz. Kerakli raqamlarni terib o‘tkazish tugmasini bosganingizda dastur quyidagi shartlarni tekshirishi kerak:

1) Sizning plastik kartangizda pul bormi? Bor bo‘lsa siz o‘tkazmoqchi bo‘lgan summa, plastikdagi summadan oshib ketmaydimi? Pul ko‘chirganlik uchun 1% xizmat haqqi olib qolishga ham pul yetarlimi va hokazo shartlar tekshiriladi.

2) Pul qabul qilib oluvchining plastigi mavjudmi? Plastik karta muddati tugamaganmi?

3) Pul qabul qilib oluvchining limiti tugamaganmi?

va hokazo bir nechta shartlar tekshiriladi. Bu oddiy bir plastikdan boshqa plastikka pul o‘tkazish uchun bo‘ladigan tekshirishlar. Shu narsalarni algoritm orqali amalga oshirasiz. Tasavvur qiling, foydalanuvchi xato qilib 50 mln o‘rniga 500 mln kiritdi. Siz plastik kartada bunday summa bor yo‘qligini tekshirmasdan pul ko‘chirishni amalga oshirsangiz nima bo‘ladi?

Izohlarda javobingizni kutaman?

Nima deb o‘ylaysiz - algoritmni yaxshi bilish qanchalik muhim? :)


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Instagram | Tik Tok | You Tube | Telegram


Report Page