Algoritm nima ?
Mirzo Ulug'bek
Algoritm bu qirg'iz tilidan olingan bo'lib G'ishmat tog'aning "prolema"sini innavatsion usul orqali "rishat" qilishga aytiladi. To'g'rimi? Albatta hazil )
Algoritm sizga bitta muammo beriladi siz u muammoni yechish uchun aniq ketma-ketlikda ko'rsatmalar to'plamini bera olsangiz shu sizning algoritmingiz bo'ladi. Hozirgi kunda ko'plab tayyor algoritmlar mavjud siz uni qaytadan o'ylab topishingiz kerak emas. Velosiped qanday tuzilganligini bilish uchun velosipedni qaytadan o'ylab topmaysizu to'g'rimi? nari borsa o'zingizga moslashtirishingiz mumkin.
Algoritm tuzamiz
Keling quyida algoritm tuzamiz. Bizda muammo bor ya'ni bizga sut kerak, qari echki suti. Quyidagi chizmada men G'ishmat to'ganing qari echkisi bergan sutni G'ishmat tog'a uyda yo'qligida olib chiqib ketish algoritmini beraman.

Mana ko'rib turganingizdek aniq ketma-ketlikdagi ko'rsatmalar to'plami. Xalq tili bilan aytganda "konkret dvijeniya"lar xaritasi.
Dasturlashda algoritm qanday ?
Dasturlashda algoritm kirish(muammo) va chiqish(yechim)ga asoslangan ya'ni aniq muammo, aniq yechim. Quyida sonning juft yoki toq ekanligini aniqlovchi algortim tuzamiz.
Sonni 2 ga bo'lganda qoldiq noldan farqli bo'lsa son toq, nol bo'lsa son juft bo'ladi.

Ko'rib turganingizdek aniq son kiritilyapdi aniq javob chiqyapdi. Undan tashqari siz tuzgan algoritm kompyuter kodi yoki aynan bir dasturlash tiliga bog'lanib qolmagan bo'lishi kerak ya'ni hamma dasturlash tillariga mos kelishi kerak. Bu nima degani, bu degani siz algoritimingizni kod ko'rinishiga o'tkazganingizda til imknoiyatidan foydalanmasligingiz kerak. Agar siz kodni JavaScriptda yozgan bo'lsangizu u dasturlash tilida bir imkoniyatdan siz foydalangan bo'lsangizu u imkoniyat boshqa dasturlash tillarida yo'q bo'lsa shuni tilga bog'lanish deyiladi, agar hamma dasturlash tilida bo'lsa "eto normalniy".
Agar shu yergacha o'qib kelgan bo'lsangiz juda ham xursandman 😉 Algoritmlarni yaxshiroq o'rganing, algoritmni bilgan dasturchi bilan algoritmni bilmagan dasturchi orasida eeeeeeeeeeeeeeeeeee chalkashib ketdim. Shundoq ham algortimni bilmagan dasturchi bo'lmaydi, agar bo'lsa u dasturchi emas ya'ni uning nomi dasturchi o'zi emas AUF
👉 Manba