Albison grant kurslari bu nima ?

Albison grant kurslari bu nima ?

Nurislom Razzoqov

O'qishga qulaylik yaratish maqsadida postni bo'limlarga bo'lib chiqdik. O'ylaymanki, hamma o'zini qiziqtirgan savolga javob topadi.

  •  Nima uchun tekinga o’qitasizlar sizlarga nima foyda deganlar uchun 
  • Ota-onalar uchun 
  • Bo’lajak talabalar uchun
  • Albison jamoadoshlarim uchun
  • Grant asosida o’qish 🥳
Eng ko’p beriladigan savol bu agar IT-kompaniya bo’lsangiz yaxshi pul topsangiz nimaga grant kurs ochasizlar ?! Sizlarga bundan nima foyda?!

Bu kabi savollarni juda ham ko’p eshitamiz. Mentalitetimizdan kelib chiqadigan bo’lsak, bu kabi savollar berilishi tabiiy. "Biz" har doim bir-ikki yilni o’ylab ish qilamiz hech kim kamida o’n yoki yigirma yillikda uzoq muddatli reja tuzmaydi. Ko’plab kompaniyalar bir yildan uzoq yashamaydi. Lekin bizning maqsadimiz dunyodagi eng kuchli dasturchilarni tayyorlash, ular bilan birgalikda yirik loyihalarni amalga oshirish bo’lgani sababli biz kursni tugatgan va boshqa joylarda ishlaydigan talabalarni ham doimo qo’llab-quvvatlaymiz.

Grant kurslar haqida biroz ma’lumot berib o’tmoqchimiz. 

Albison grant kurslari 2021-yildan beri barcha dasturlashni o'rganishni xohlagan lekin qimmat kurslarda o’qish imkoniyati yo’qlar uchun tashkil etilgan. Aslida IT kompaniyamizni ochganimizda o’zimiz kerakli darajadagi kadrlarni topa olmaganimiz sababli kompaniya qoshida akademiya ochishga qaror qilganmiz.

Bu kurs Albison IT- kompaniyasi tomonidan xayriya kursi hisoblanib boshqa hech qaysi davlat yoki nodavlat tashkiloti tomonidan moliyalashtirilmagan.

Shu sabab kurs intensiv va eng qisqa vaqt ichida kadrlarni tayyorlab, ishga joylashtirish uchun ishlab chiqilgan. Kurs bitiruvchilarida har doim tanlov bo'lib, o’zi xohlagan ishga joylashish yoki Albison jamoası bilan birgalikda o’sishda davom etishlari mumkin

Nimaga o’sish? sababi ko’pchilik kurs bitiruvchilari o’zlarini yetarlicha bilimga egaman deb o’ylab ish qidirib yurishadi lekin yangi narsa o’rganishga toqatlari bo’lmaydi. Afsuski, dasturlashda yangi bilimlarni olishdan to’xtasangiz darajangiz tushadi va hatto ishingizdan ayrilib qolishingiz ham mumkin. 

Bizdagi ta’lim tizimi har doim o’zidan keyingi avlodga bilim berish tamoyilida ishlab kelmoqda. Seniorlar middlelarga, middlelar juniorlarga va juniorlar internlarni o’sishiga yordam beradi. Akademiyamizning har bir bitiruvchisi bu bizning dasturchilarimiz. Ular dunyoning yoki O’zbekistonning eng kuchli IT- korxonalarida ishlashmasin, doim biz bilan loyihalarimizda ishlashga, doimiy ochiladigan grant kurslarimizda olgan bilimlarini yangi avlodga berishga va ularni ishga kirishlariga yordam berishga tayyor. Lekin hech bir bitiruvchi biz uchun ishlab berishga majbur emas. 

Ota-onalar uchun. Agar shu yil yozgi grant kurslarimizda aksariyati maktab o'quvchilari bo'lmaganida boshqa grant kurs ochilmas edi. Hammasi yaxshilikka !

Hurmatli ota-onalar sizning farzandingiz siz uchun eng aqlli va eng iqtidorli. Lekin bu aynan dasturlash sohasida o'qib, dasturchi bo'lishi kerak degani emas. Bolangizni tayyorlov kurslariga berdingiz degani bu farzandingiz daho bo’ladi degani emas. Ekkan daraxtingiz meva berishi uchun o’zingiz ham farzandingizni nima qilayotgani, nima o’rganayotgani va atrofida kimlar bilan ekanligiga e’tibor bering. Ayniqsa maktab o'quvchilari ko’p holatlarda ijtimoiy tarmoqlar va video o’yinlardan ortmaydi.

Sizga esa bolangizni shunchaki kurslarga borib vaqt o’tkazishi va asosiysi ko’chada yurmasligi muhimroq. Aynan shu sababdan endilikda biz maktab o'quvchilarini o’qitmaslikka qaror qildik. Sababi bu yilgi grant kurslarimizda ko’pchilik ota-onalar farzandiga ko’p topshiriq berayotganimizdan nolishi va kursdan keyin baribir ishlamaydiku degan fikrlari tufayli ko’plab talabalarimiz kursni davom ettirmasdan tashlab ketishdi. Biz qanchalik sifatli bilim bermaylik agar siz farzandingizni nazorat qilmasangiz biz ularni dasturchi qilib tayyorlay olmaymiz. Zamon tez o’zgarib bormoqda. Hozir yaxshi ish topish uchun 18 ga to’lish yoki diplom olish shart emas. Bu bilan farzandingiz oliy ta’lim olishi kerak emas demoqchimasman. Shunchaki kursimizda 7-8- sinfda o’qib hozirdan pul topib o’z yo’lini topib ketgan bitiruvchilarimiz bo’lgani uchun bu gaplar aytilyapti. U ingliz tili bo’ladimi, matematikami yoki dasturlash sizning vazifangiz farzandingizni nazorat qilish. Fanni o’zingiz tushunmasangizda hech bo’lmaganda kuniga bir soat kechki payt vaqt ajratishingiz sizning burchingiz. Biz hammamiz ota-onamiz e’tibori, duosi va bizga ajratgan mehri tufayli yutuqlarga erishamiz.  


Bo'lajak talabalar siz o'quv markaziga emas, haqiqiy dasturchilar tayyorlash ilm dargohiga kelar ekansiz, qiyinchiliklarga tayyor bo'lishni unutmang !

Hurmatli talabalar agar siz grant kurslarimizda o’qish niyatida bo’lsangiz har kuni kamida 7 soatdan dasturlashga vaqtingizni sarflashingiz, boshqa narsalarga chalg’imasligingiz va darslarga doimiy qatnashishingiz kerak bo’ladi. O’zingiz uchun nima ustuvorligini tanlashingiz lozim. Agar dasturlashni bitta qo’shimcha kasb bo’lib qolsin yoki kursni tugatib birdan 1000 $ oylikda ishlayman desangiz kurslarimizga kelib o’tirmang. Kurs davomida juda katta mashaqqatlar, uyqusiz tunlar va uzoq muddatli yo’l turibdi. Bu yo’lda sabr qilmasangiz biz va o’zingiz xohlagan natijaga erisha olmaysiz. Albatta biz allaqachon barcha bitiruvchilarimiz ish topadi emas kurslarimizni bitirmasdan ham ish topishadi deymiz. Lekin maqsadingiz kuchli kadr bo’lib dasturlashda yaxshi daromad topmoqchi bo’lsangiz kursni oxirigacha borish va sabr-toqat ila ilm olishingiz talab etiladi. Asosiysi o’zingiz qiyinchiliklarga bardosh berib, mehnat qilishda to’xtab qolmasligingizda. Dasturlashda yo’nalishlar juda ko’p lekin biz eng oddiy va sodda bo’lgan Frontend yo’nalishidan boshlab ta’lim beramiz. Kursni muvaffaqiyatli yakunlab boshqa yo’nalishda ham bilib olmoqchi bo’lsangiz IT-ni istalgan yo’nalishini bizning jamoada o’rganishingiz mumkin. Lekin Frontendni tugatmasangiz boshqa yo’nalishlar o’rgatilmaydi va o’quv markazlarida avval o’qigan bo’lsangiz ham bizda noldan boshlab o’qishingiz shart. 


Hurmatli Albisonerlar

Avvalambor bizga shuncha ishonch bildirib, bizda ta’lim olganingiz biz bilan birgalikda ishlayotganingiz yoki boshqa joyda ishlab turib ham bizni qo’llab-quvvatlab kelayotganlaringiz uchun o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Sizlar minglab talabalar ichidan saralab olingan eng iqtidorli dasturchilarsiz. Bizning global loyihalarimizda birgalikda ishlayotganlaringiz, o’zlaringizdan yuzlab shogirdlar chiqarayotganlaringiz va uzoq yillik rejalarimizga ishonch bildirib, doimiy yelkadosh bo’lib kelayotganlaringizni qadrlayman. Bunday yirik kompaniya va yuksak yutuqlar sizlarsiz amalga oshmasdi.

Barchamizga Alloh madodkor bo’lsin.  

Bugun kechki payt 20:00 da ro’yxatdan o’tish uchun telegram kanalimizda havola taqdim etiladi. Ungacha bu kurs sizga to’g’ri kelish- kelmasligi haqida o’ylab ko’ring




Report Page