Albert Eynshteynning 10 hayot darsi!

Albert Eynshteynning 10 hayot darsi!

Dastan Kasimoff MD

1. Hammamiz daho bo'lib tug'ilamiz...

«Hammamiz daholarmiz. Lekin agar baliqqa uning daraxtga tirmashish xususiyatiga qarab baho bersak, u butun umr o'zini ahmoqman deb o'tadi.»

2. Hammaga hurmat hamda e'tibor bilan muomala qiling

«Men hamma bilan bir xil muomala qilaman, u farrosh bo'ladimi yoki universitet prezidenti bo'ladimi farqi yo'q»

3. Barchamiz birmiz

«Inson – biz borliq deb ataydigan narsaning, vaqt hamda makon bilan cheklangan bir bo'lagi hisoblanadi. U o'zini, o'z fikrlari hamda hissiyotlarini atrof muhitdan ajratilgan holda his qiladi. Bu esa o'z ongining optik yolg'oni hisoblanadi. Bu illyuziya o'z istaklarimiz hamda kichik guruhdagi tanishlarimizga bog'lanib qolgan dunyoyimiz uchun zindonga aylangan. Bizning vazifamiz – bu zindondan qutulib, o'z ishtirokimizni yagona shaxsdan butun dunyo miqyosigacha ko'tarishdir.»

4. Tasodifiy o'xshashliklar bo'lmaydi

«O'xshashlik – bu Allohning o'zini anonim saqlab qolish usullaridan biri»

5. Tasavvur ilmdan muhimroq

«Tasavvur ilmdan muhimroq. Ilm hozir biladigan va tushunadigan narsalarimizga tayanadi, ayni vaqtda tasavvur esa biz qachondir tushunib yetadigan yoki biladigan narsalarimizni ham o'z ichiga oladi»

Intellektning haqiqiy belgisi bilim emas, balki, tasavvurdir

«Mantiq sizni A dan Z gacha borishingizni ta'minlaydi; tasavvur bilan istalgan yeringizga borishingiz mumkin»

6. Yolg'izlik yetuk inson uchun ruhlantiruvchi kuch bo'lishi mumkin

«Yolg'izlik inson yosh bo'lganda juda ham og'riqli bo'ladi, lekin ulg'aygandan so'ng u ruhlantiruvchiga aylanadi.»

«Men yolg'izlikda yashayman; bu yoshlar uchun juda ham achchiq tuyuladi, lekin yillar o'tib u totli bo'lib boradi.»

«Tinch hayotning bir xilligi hamda yolg'izlik yaratuvchan ongni stimullaydi.»

7. Yurakdan his qilib turgan ishni qiling va haq bo'lasiz. Sizni shundog'am har qanday holda tanqid qilishadi

«Buyuk ong egalari doim o'rtancha ong egalari tomonidan qarshiliklarga uchrashadi. O'rtancha ong egalari, o'z ilmlaridan dovyuraklik hamda haqqoniylik bilan foydalanuvchi buyuk ong egalarini tushuna olmaydi.»

8. Hayotimizdagi eng go'zal narsalar sirli hamda erishib bo'lmasdir

«Agar bolalaringiz aqlli bo'lishini istasangiz, ularga ertak o'qib bering. Agar ular yanada aqlliroq bo'lishlarini istasangiz, yanada ko'proq ertak o'qib bering.»

«Tasavvur qilish xususiyatim men uchun ilmni singdirish xususiyatimdan ko'ra muhimroq ko'rinadi.»

«Eng g'ozal kechinmalarimizni tushuntirib berolmaymiz. Ana shu tushuntirib berolmaydigan kechinmalarimiz san'at hamda ilm-fan uchun asos bo'ladi.  Ana shu tushuntirib bo'lmas hissiyot oldida to'xtab undan rohatlana olmaydigan inson – o’lik insondir: uning ko'zlari yopiq.»

9. Din hamda ilm-fan birga ishlashi kerak, qarama-qarshi emas

«Dinsiz ilm-fan nogiron, ilm-fansiz din esa ko'rdir.»

10. O'z ahamiyatingiz muvaffaqiyatdan muhimroq

«Muvaffaqiyatga erishish uchun harakat qilmang, buning o'rniga foydali inson bo'lishga urining»

«Mashxurlik kelishi bilan borgan sari ahmoqroq bo'lib boryapman.»

Maqoladan foydalanilganda manba ko'rsatilishi shart. Ko'chirishda haqni biling. Do'stlarga esa istalgancha ulashishingiz mumkin)

Kanal manzili:

https://t.me/mytypewriter

Report Page