🏢 Akademiya faoliyati

🏢 Akademiya faoliyati

Akademiya haqidagi savollarga javoblar • 24 апреля 2024 в 16:42


1) Akademiya qayerda joylashgan?

Javob: Akademiya Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan. Batafsil:

City: Istanbul

Street: Ergenç SOKAK 

Home number: NO8

Arnavutköy İLÇESİ 

Taşoluk MAHALLESİ

2) Akademiyaga kim tomonidan asos solingan?

Javob: “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Istanbul Taʼlim-Tarbiya Akademiyasi”ga Shayx Muhammad Sodiq hazratlarining ilmiy manhajiga asoslangan holda, farzandlari Ismoil Muhammad Sodiq va hazratning boshqa katta shogirdlari tomonidan 2021-yil sentyabr oyida asos solingan.

3) Akademiya faoliyati nimadan iborat?

Javob: Shayx Muhammad Sodiq akademiyasi islomiy hukm va ilmlarni chuqurlashtirib o'rgatadigan, 5 yillik dasturga tizimlashgan akademiya hisoblanadi. Talabalar 5 yillik manhaj asosida Hanafiy mazhabi fiqhi va Moturidiy aqidasida moʻtabar hisoblangan kitoblar bo'yicha ta’lim oladilar.

4) Akademiyaning maqsad va rejalari qanday?

Javob: Maqsadi (mission): Shayx Muhammad Sodiq Akademiyasi ta’lim, tarbiya va da’vat muassasasi bo‘lib, ummat yoshlariga yuksak axloq va ijodkorlik ruhidagi sifatli ta’lim taqdim qiladi. Faoliyati (vision): yoshlarga eng sifatli ta’lim berish, turli aloqalar o‘rnatish, muassasani barqarorlashtiradigan programmalar tuzish, o'zbek va boshqa jamiyatlardagi ilmiy va da’vat borasidagi bo‘shliqni to‘ldirish.

6) Akademiyada onlayn yoki sirtqi taʼlim bormi?

Javob: Akademiyada onlayn taʼlim yoʻlga qo’yilmagan. Chunki Akademiyaning maqsadi faqat taʼlim berib qoʻyish emas, balki talabaga tarbiya ham berish, uni shaxsiyatini rivojlantirish, uni ruhiy va odob jihatlarini kamolotga yetkizishdir. Shuning uchun akademiyada darslar oflayn boʻladi.

7) Oilali talabalar ham oʻqisa boʻladimi?

Javob: Oilali talabalar ham oʻqisa boʻladi. Oilaviy talabalar oʻz oilalarini olib kelib Akademiyaga yaqin joyga joylashib bemalol darslarga qatnashishsa bo’ldi. Bunda akademiya talabaga yillik kontrakt toʻlovidan chegirma qilib beriladi.

8) Akademiya kun tartibi qanday?

Javob: Akademiya kun tartibi aniq rejalashtirilgan boʻlib, talabaning ertalab Tahajjudga turishidan tortib kechasi uxlagunicha nazorat qilib boriladi. Akademiyadagi dars jadvallari boshqa madrasalardan farq qiladi. Akademiyada darslar bomdod namozidan keyin boshlanadi.

9) Oʻqish bilan birga ishlasa boʻladimi?

Javob: Akademiyada ta’lim olayotgan talabalarning o’qishidan tashqari vaqtlarda ishlashi mumkin emas. Talaba bor e’tiborini ilm olishga qaratishi kerak.

10) Akademiyadagi ustozlar haqida maʼlumot bering.

Javob: Akademiyamizni ustozlari 1,2 kursda Oʻzbekistonda Maʼhad, Madrasani bitirgan Ustozlar hozir Turkiyada Drʼlik qilayotgan ustozlar dars berishadi. 3,4,5-kurslarda esa bu yerda dars berayotgan Ahli sunna arab ulamolaridan dars olishadi.

11) Akademiyada taʼlim olish bilan birgalikda oliy oʻquv yurtlarida ham oʻqish mumkinmi?

Javob: 1,2 va 3-kurslarda buning iloji yoʻq. Akademiyada darslar intensiv qilinganligi sababli talabalarning ortiqcha vaqti juda kam bo’ladi. 3-kursni bitirgandan soʻng talabalar Universitetlarga va boshqa shu kabi joylarga topshirsalar boʻladi. Ammo bu akademiyadagi o’qishiga ta’sir qilmagan holatda bo’lishi kerak.

12) Akademiyani tamomlagan talabaga diplom beriladimi? U diplom Oʻzbekistonda oʻtadimi?

Javob: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Istanbul Taʼlim-Tarbiya Akademiyasi Turkiyada rasmiy roʻyxatdan oʻtgan.

  1. Akademiyani tugatgan har bir talabaga sertifikat beriladi
  2. Talabaga til o’rganganligi haqida ham sertifikatlar beriladi. 
  3. Talaba xohlasa Akademiyaning Ayti kurslarida o’qib, kursni o’zlashtirganligi haqidagi sertifikatga ham ega bo’lishi mumkin. 
  4. 3-kursdan so`ng OTM larga qo`shimcha ravishda o`qishga topshirgan taqdirda esa, Turkiya oliy ta`lim diplomiga ham ega bo`lishi mumkin (Akademiyaning o`qishlariga ta`sir qilmagan holda).

13) Oʻzbekistonda ham Akademiyaning filiallari bormi?

Javob: Oʻzbekistonda Akademiyaning filiallari yoʻq.

14) Taʼtil beriladimi? Qancha muddatda va necha oy? Oʻzbekistonga borib kelsa boʻladimi?

Javob: Talabalarga o’quv yili davomida yozgi va qishki ta’til beriladi. Talabalar yozda 1 yarim oy qishda esa 2 hafta dam olishlari mumkin. Undan tashqari muborak ramazon oyidan keyin Qurbon hayit bayramidan keyin ta’til beriladi. Ramazon oyida dars vaqtlari qisqartiriladi.


Report Page