Akademik Xolboy Ibraimov bilan unutilmas uchrashuv...

Akademik Xolboy Ibraimov bilan unutilmas uchrashuv...


Qoʻqon universitetida Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich bilan "Buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari" mavzusida adabiy-badiiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Akademik bilan uchrashuv

Dastlab, akademik Xolboy Ibragimovich universitetda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, yotoqxona, universitet moddiy texnik bazasi, sport kompleksidagi shart-sharoitlar va axborot kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Akademik bilan uchrashuv

Soʻngra, adabiy-badiiy uchrashuvga taklif etildi. Uchrashuv davomida akademik Xolboy Ibraimov ishtirokchilarga vatanparvarlik, ilm egallash, inson kamoloti, ta'lim-tarbiyani qanchalik muhimligi haqida soʻzlab berdi. 

Akademik bilan uchrashuv

Shuningdek, akademik Xolboy Ibraimov Qoʻqon universiteti Raqamli texnologiyalar va Matematika kafedrasi oʻqituvchisi Mamajonov Sanjarbek Mirzayevichni fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgani bilan tabrikladi.

Akademik bilan uchrashuv





Report Page