Aka-Uka muammolari kelib chiqishi.

Aka-Uka muammolari kelib chiqishi.


Kamol To'xtayev

Nega akalar ukalariga mehrsiz? Qayerdan bunday ziddiyatlar paydo bo'lyapti? Ahir ota-onalari 

juda oqko'ngil yaxshi insonlarku. 

Bu quyida aytmoqchi bo'lgan fikrlarim,faqat o'zimning shaxsiy kuzatishlarim, hamda o'zimning 

shaxsiy fikrim hosilasidir. 

Inson bolasi hech qachon 1 narsaga ya'ni mehrga to'ymaydi. 

Yoshining umuman ahamiyati yo'q. 

Ohirgi statistik ma'lumotlarga qaraganda, Qoraqalpog'istonlik onaxon 140 yoshda ekanlar.Xatto ular ham,onasining qornidagi go'dak ham 1 narsaga, mehr va g'amxo'rligiga muhtoj. 

Demak,eng avvalo bo'lajak Akani go'dakligidan boshlasak.Go'dak tug'iladi,hamma uni yaxshi ko'radi,ko'ngliga qarashadi.Hullas hamma diqqat e'tibor unga qaratiladi.Tasavvur qiling u 5 yosh.E'tibor bering.U 5 yosh 5 yoshli bolaning ko'ngli qanday bo'lishini, juda yaxshi bilasizlar,hammamiz shu yoshdan o'tganmiz harholda.Birdaniga bir uka tug'iladiyu,uning peshonasiga akalik degan butun umrini qisman ota-onalik mehridan mahrum qiladigan tamg'a qo'yiladi. Unga qaratilgan barcha e'tibor endi,ukaga tegishli. "BOLALIGIM PODSHOLIGIM"degan maqolga chek qo'yiladi.Taxtga boshqa shox o'tirdi. Endi aka, "Shox" ukaning qilgan aybi uchun ham gap eshitadi.Endi asta sekin ukadan nafratlanishni boshladi.Bora-bora yillar o'tadi uka ham, aka ham ulg'aya boshlaydi.Bolaligiga to'ymagan, to'g'rirog'i mehrga to'ymagan nafaqat ukadan,balki jamiyatdan ham umuman barchadan nafratlana boshlaydi.Ana undan keyin sizu-biz hozirda ko'rib turgan oqibatlar vujudga keladi. 

Bu saytda bo'lajak otalar-onalar bor sizlardan o'tinib-yolvorib so'rayman, iltimos barcha bo'lg'usi farzandlaringizga barobar mehr oqibat-ko'rsating. Sen endi "AKA"san katta bolasan! degan daxshatli va qo'rqinchli.So'zni aslo ishlatmang. Zero bir-birining ko'ziga cho'p tiqadigan aka-ukalardan ko'ra,bir-birlarini qiyomatgacha qo'llaydigan,aka-ukalarni yetishtirib chiqarsak yaxshi emasmi. 


XULOSA O'ZINGIZDAN!!!!!

Report Page