"Ajdodlar ruhi mangu barhayot" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

"Ajdodlar ruhi mangu barhayot" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


Buyuk shоir, o’zbеk аdаbiyoti vа tilining аsоschisi Alishеr Navоiy hamda davlat arbоbi, Bоburiylar davlatining asоschisi - Timuriyzоda Zahiriddin Muhammad Bоburlarning tavalludlari munоsabati bilan joriy yilning 10-fеvral kuni RMMM Buxoro shahar bo‘linmasi,"Oqila ayollar harakati" a'zolari, "Isliqlol" MFY hamda 32-o‘rta umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda "Ajdodlar ruhi mangu barhayot" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

"Ajdodlar ruhi mangu barhayot" mavzusidagi o'tkazilgan adabiy-badiiy tadbir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag'ishlandi.

Maktab direktori Sanjar Ibragimov so‘zga chiqib, Navoiy va Boburning hayoti va ijodini o'rganar ekanmiz, ular umri davomida xalqqa xizmat qilib, bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida shaxsiy ibrat ko'rsatganini yanada yorqinroq bilib olamiz. Ular barcha asarlarida ana shu ezgu g'oyalarni targ'ib etdi deb ta'kidlab o'tdi.

Buyuk ajdodlar merosini teran nigoh ila o‘rgangan kishining ma’naviy olami boy, tafakkuri shunga yarasha bo‘ladi.

RMMM Buxoro shahar bo‘linmasi mutaxassisi G.Xodiyeva buyuk ajdodimiz, she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi haqida so‘z yuritar ekan, avvalo buyuk ajdodlarimiz shoir hayoti va ijodi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir badiiy qismida mazkur maktab iste’dodli yoshlari tomonidan sahnalashtirilgan Alisher Navoiy va Guli siymolari hamda ular ijro etishgan she’r, ashulalar barchada katta taassurot qoldirdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, buyuk ajdodlar ruhi bilan yashash, ular qoldirgan boy ma’naviy merosni chuqur o‘rganish, o‘quvchilarda milliy an’analarga hurmat ruhini singdirish, yosh avlodni milliy o‘zlik ruhida tarbiyalash, o‘quvchilarda og‘zaki nutqni rivojlantirish edi.


Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi
Buxoro shahar bo‘linmasi



Report Page