Aholining mol va qoʻylarni oʻgʻirlayotgan bir guruh shaxslar IIB xodimlari tomonidan ushlandi

Aholining mol va qoʻylarni oʻgʻirlayotgan bir guruh shaxslar IIB xodimlari tomonidan ushlandi

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati hududida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish borasida viloyat IIBB hamda shahar-tuman IIB xodimlari tomonidan joylarda nazorat-reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Xususan, Yuqori Chirchiq tumani “Fayzobod” mahallasida yashovchi fuqaroning hovlisidan 5 bosh qoʻylar nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻgʻirlab ketilgan edi. Mazkur holat shu vaqtning oʻzida IIB nazoratiga olinib, surishtiruv ishlariga kirishilgan.

Oradan 4 kun oʻtib, ushbu mahallaning “Qaytmas” koʻchasida yashovchi yana bir fuqaro xonadonidan ham yuqoridagi kabi 4 bosh qoʻylar va 2 bosh buzoq oʻgʻirlangani haqida tezkor xabar olingan. 

IIBB Axborot xizmati

Hududda oʻtkazilgan oʻrganishlar va tezkor surishtiruv tadbirlari davomida ushbu ikki jinoyatni 20-25 yoshlar orasidagi 6 nafar shaxslar sodir etganligi aniqlanib, ular protsessual tartibda ushlangan. 

IIBB Axborot xizmati

Holat yuzasidan dastlabki tergov jarayonida, birinchi holat boʻyicha fuqaroga yetkazilgan 15 mln soʻm moddiy zarar undirib berilishiga erishilgan boʻlsa, ikkinchi holatda oʻgʻirlangan 4 bosh qoʻy va 2 bosh buzoq jabrlanuvchiga qaytarilishi taʼminlandi.

Hozirda ushlangan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

IIBB Axborot xizmati





Report Page